Talaba yoshlar o‘rtasida “Student’s Cup” musobaqasi o‘tkaziladi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu musobaqa oldinroq o‘tkazilishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli talabalarga ta’til e’lon qilingani sabab musobaqaning o‘kazilish muddati biroz ortga surilgan edi.

Bugun mazkur musobaqani o‘tkazishga mas’ul tashkilotlar — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkiliy masalalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi. “Student’s Cup” musobaqasi may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Turnirning aniq sanasi va formati haqida alohida ma’lumot beriladi.

Keyingi ma’lumotlar quyidagi kanal orqali berib boriladi - https://t.me/birinchiligauzb

mib
uzcard
cola
apex
bmb