Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha videoseminar o‘tkazildi

So‘nggi yillarda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish borasida O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zPFL kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. O‘FA qoshida yuqoridagi kabi holatlarni aniqlash maqsadida alohida maxsus inspektsiya tashkil qilingan bo‘lib, mazkur inspektsiya bu borada qator dalillar to‘plab bormoqda.

O‘FA huzuridagi futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspektsiya totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash to‘g‘risida futbol klublariga tushuntirish ishlari ham olib bormoqda.

Bugun O‘zbekiston kubogida ishtirok etadigan Pro liga va Birinchi liga jamoalari vakillari uchun videoseminar o‘tkazildi. Unda halol o‘yin tamoyillariga rioya qilish, kelishilgan o‘yinlarda qatnashish oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb