O‘zbekistonlik futbolchilarga kelishilgan o‘yinlarga qarshi Red Button ilovasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda

O‘zPFL kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda.

Xususan, hamkorlik doirasida Xalqaro Professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPRO) tomonidan ishlab chiqilgan Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi endilikda o‘zbekistonlik futbolchilar tomonidan ham foydalaniladi.

Red Button ilovasi smartfonlarga o‘rnatiladi va undan faqatgina professional futbolchilar foydalanadi. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq holat yoki ma’lumotlarni sezgan taqdirda, bu haqida ismi oshkor etilmasdan, xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ishchi guruh tashkil qildi. Ushbu ishchi guruh Players Red Button ilovasi haqida klublar futbolchilariga tushuntirish ishlarini olib borib, futbolchilarga ushbu ilovadan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.

Hozirga qadar bunday uchrashuv “Paxtakor”, “Dinamo” hamda “Qizilqum” jamoalari a’zolari bilan o‘tkazildi.  

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb