O‘zbek futbolchilari ham endi Red Button ilovasidan foydalanadi, Coca-Cola Superliga 4-turida maxsus aktsiya o‘tkaziladi

So‘nggi yillarda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zPFL kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik olib bormoqda. O‘FA qoshida yuqoridagi kabi holatlarni aniqlash maqsadida alohida maxsus inspektsiya tashkil qilingan bo‘lib, mazkur inspektsiya bu borada qator dalillar to‘plab bormoqda.

2020-yilning 11-sentyabr kuni FIFA va Xalqaro Professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPRO) o‘rtasida kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha kelishuv imzolangan. Mazkur kelishuv doirasida Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi ishlab chiqilgan. Ushbu ilova smartfonlarga o‘rnatiladi va undan faqatgina professional futbolchilar foydalanadi. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq holat yoki ma’lumotlarni sezgan taqdirda, bu haqida ismi oshkor etilmasdan, xavfsiz va anonim tarzda xabar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Ishchi guruh tashkil qildi. Ishchi guruh Players Red Button ilovasi haqida klublar futbolchilariga tushuntirish ishlarini olib boradi hamda futbolchilarga ushbu ilovadan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatadi.

Qolaversa, Coca-Cola Superliganing 4-turi doirasida maxsus aktsiya o‘tkaziladi. Unda uchrashuvlar oldidan jamoalar futbolchilari hamda hakamlar brigadasi Red Button ilovasi fonidagi “Halol futbol” shiori ostida birgalikda suratga tushadi va kelishilgan o‘yinlarga qarshi birgalikda kurashishga chorlashadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb