O‘zPFL direktorligiga Diyor Imamxodjayev nomzodi taqdim etildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasiga tashkilot bosh direktorini tasdiqlash masalasi kiritildi.

2020-yilning 25-may kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘z lavozimidan ozod etilganidan so‘ng tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Imamxodjayev Diyor Abrorovich belgilangan edi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Professional futbol ligasida professional futbol musobaqalarini tashkil etish, futbol klublari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablari asosida litsenziyalashdan o‘tkazilishida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ustaviga muvofiq bosh direktorni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining taqdimnomasiga asosan Liganing Ijroiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktorini lavozimga tayinlash bo‘yicha Liga Ijroiya qo‘mitasiga Imamxodjayev Diyor Abrorovich nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etildi. Mazkur masala O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi uchun kiritildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Professional futbol ligasining navbatdagi Umumiy yig‘ilishida Liga Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi saylandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb