O‘zPFL vakili OFK akademiyasini tamomladi

O‘tgan yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qit’a miqyosida malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash maqsadida OFK Oliy mahorat akademik markaziga asos soldi.

Qit’a futbol uyushmasida, mintaqaviy assotsiatsiyalar hamda a’zo federatsiyalarda faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan bo‘lg‘usi liderlarning futbol ichidagi va atrofidagi zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi maqsadida futbol olamining mashxur professorlari sport huquqi, litsenziyalash jarayonini tashkil etish, futbol klublari, liga hamda assotsiatsiyalar tashkiliy tuzilmalari haqida, shuningdek ularning strategik va moliyaviy boshqaruvi, yirik sport tadbirlarini o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni o‘rgatuvchi OFK akademiyasining ilk qaldirg‘ochlari kuni kecha yakuniy bitiruv ishlarini himoya qilishdi.

Quvonarli jihati – Futbol menejmenti bo‘yicha ilk bitiruvchilar qatorida O‘zPFL Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov ham OFK akademiyasini tamomladi.

Ishonamiz – O‘zPFL vakili OFK Oliy mahorat akademik markazida olgan bilimlarini yurtimiz futboli rivoji yo‘lida sarf etadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb