Apex Insurance professional futbolchilarimiz salomatligini sug‘urtalashda davom etadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Apex Insurance bilan hamkorlikni yana 1 yilga uzaytirdi. Sizga sir emaski, mazkur kompaniya 2020 hamda 2021-yilgi mavsumlar davomida ham ishonchli hamkorlarimizdan biri bo‘lgandi. 

Apex Insurance yordamida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tayotgan professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanadi. Kompaniya 2020-yil uchun professional futbolchilarga 30 million so‘mlik sug‘urga polislari taklif qilgandi. 2021-yilda mazkur summa 35 million so‘mga qadar ko‘tarildi. Joriy yilgi kelishuvga ko‘ra Apex Insurance futbolchilarga 45 million so‘mlik sug‘urta polislari ajratadi.

Futbol — jarohatlardan kafolatlanmagan sport turi. O‘zPFL so‘nggi 2 yil ichida futbolchilar huquqlarini tiklash masalasida qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, hatto sug‘urta polislari bilan bog‘liq holat ham futbolchining ehtimoliy jarohati uchun etarli bo‘lmasa, bunday holatda qolgan summani klub to‘lab berishi masalasi yo‘lga qo‘yilgan. Mana shunday holatlarda Apex Insurance professional futbolchilar joniga oro kirayotgani e’tiborga molik. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Apex Insurance bilan hamkorlikdan manfaatdor. Biz hamkorlarimizga yil davomida ko‘tarinki kayfiyat hamda muvaffaqiyat tilaymiz.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb