Coca-Cola Superliga. “Neftchi” mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Coca-Cola Superliganing yangi mavsumi start oldi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yinning birida g‘alaba, ikkinchisida esa durang natija qayd etildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda “Neftchi” jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida bosh hakamning VARga murojaatidan keyin belgilangan penaltidan  gol urib, mavsumning birinchi uch ochkosini qo‘lga kiritdi. Kuni kecha Superkubokka mezbonlik qilgan Yaypan stadioni o‘shanda tomoshabinga  liq to‘lgandi, bu gal ham Farg‘ona viloyat derbisini tomosha qilish uchun Farg‘ona shahridan ham, Qo‘qondan ham ming-minglab muxlislar tashrif buyurishdi. “Olimpiya” va “Surxon” uchrashuvi ham tomoshabop o‘tdi. Gol urish uchun ikkala jamoa ham bir necha bor yaqin kelishdi, lekin vaziyatni natijaga aylantirish hech kimga nasib etmadi.

 

Coca-Cola Superliga. 1-tur

2 mart, chorshanba

 

NEFTChI – QO‘QON-1912 - 1:0 (0:0).

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 5250 tomoshabin.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Lochinbek Dolimov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistenti: Maksim Nexochin

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Shahzodyuek Ubaydullaev, 89-pen. (1:0).

"Neftchi": Akbar To‘raev, Oybek Qilichev (Sirojiddin Qo‘ziev, 64), Izzatilla Abdullaev (Shahzodbek Ubaydullaev, 76), Lutfulla To‘raev (Aleksandr Eshich, 41), Mirzohid G‘ofurov, Anvarjon G‘ofurov, Daniel Stoykovich, Darko Stanoevich, Abbosjon G‘ulomov (Sunnatulla Abdullajonov, 64), Abrorbek Ismoilov, Ulug‘bek Hoshimov (Marko Sharich, 64)

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullaev, San’at Shixov (Sardorbek Azimov, 46), Javohir Sidiqov, Mo‘minjon Meliev (Shahzodbek Nurmatov, 76), Avazxon Mamatxo‘jaev (Anvarjon Xojimirzaev, 90), Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziev, Aleksandr Merzlyakov (Dilshod Rahmatullaev, 90), Ivan Yosovich, Bilolxon Toshmirzaev (Jamshid Hasanov, 70), Murod Xolmuhammedov

Ogohlantirishlar: Abbosjon G‘ulomov, 17, Daniel Stoykovich, 25, Shahzodbek Ubaydullaev, 90+2 - Ivan Yosovich, 33, Oybek Rustamov, 83.

 

 

OLIMPIK – SURXON - 0:0.

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 952 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistenti: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G‘iyosov, 74), Temur Mamasidiqov (Bektemir Abdumannonov, 46), Farruhbek Muxtorov (Davron Anvarov, 58), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 86), Dostonbek Tursunov, Muhammadaziz Ibrohimov, Shahzod Toirov, Humoyun Sherbo‘taev, Abubakr Turdaliev (Muhammadqodir Hamraliev, 46)

"Surxon": Xaver Ximenes, Zoir Jo‘raboev, Bobirjon Akbarov, Islomjon Toshpo‘latov, Baxtiyorjon Qosimov, Murodbek Bobojonov (Sharofiddin Shobirov, 69), Luis Migel (Abdul Aziz Yusupov, 69), Nuriddin Hasanov (Miroslav Markovich, 64), Iqboljon Malikjonov, Tohirjon Shamshiddinov, Behruz Shaydulov

Ogohlantirishlar: Muhammadqodir Hamraliev, 79 - Baxtiyorjon Qosimov, 23, Bobirjon Akbarov, 55,Nuriddin Hasanov, 61.

mib
uzcard
cola
apex
bmb