“Paxtakor” ikkinchi marotaba Superkubok sohibi!

Superkubok o‘yiniga tayyorgarlik jiddiy bo‘ldi –   sovrinni o‘zi bilan birga olib qaytish maqsadidagi “Paxtkor” va “Nasaf” tomonidan ham, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishni maqsad qilgan O‘zPFL tomonidan ham, mezbondirchilikni maromiga qo‘yishni uddalashga uringan  “Turon” klubi tomonidan ham va hattoki Toshkent, Qarshiyu farg‘onalik muxlislar tomonidan ham. O‘yindan bir kun oldin vodiy tomon yo‘lga chiqqan Superkubok kotreji Qo‘qon va Yaypan shaharlari bo‘ylab “sayr qildi”, o‘yin kunida Superkubok  Qo‘qon va Yaypan shaharlarida namoyish etildi, kattayu-kichikning “selfi” manbasiga aylandi.  Shu kuni stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar chiroyli futbol bilan birga el suygan san’atkorlar – Farhod va Shirinning dilrabo kuy-qo‘shiqlaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Uchrashuv kutilganidek  shiddatli va tomoshabop ruhda o‘tdi. Maydonda teng kuchli jamoalar kurashgani uchun, xavfli vaziyatlarga boy o‘tgani uchun ham yig‘ilganlar zerikib qolishmadi. Omad esa “Paxtakor” jamoasiga kulib boqdi.   Aziz Turg‘unboevning qanotdan oshirib bergan to‘pini Cheran boshi bilan urib, darvozaga aniq yo‘lladi.

Shu tariqa “Paxtakor” o‘z tarixida ikkinchi marotaba Superkubokni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili Samarqandda kechgan bahsda ham aynan shu jamoalar o‘zaro bahs yuritishgan va o‘shanda ham aynan shu natija qayd etilgandi.

 

O‘zbekiston Superkubogi.

27 fevral, yakshanba

 

PAXTAKOR – NASAF - 1:0 (0:0).

Farg‘ona. Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni. 7215 tomoshabin

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistenti: Rustam Lutfullin

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Dragan Cheran, 61(1:0)

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45+1), Hojiakbar Alijonov, Oleksey Larin, Ikromjon Aliboev, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboev ( Jasurbek Yoqubov, 90+3), Dragan Cheran,  Sardor Rashidov (Xojimat Erkinov, 81), Kamen Xajiev, Sardor Sobirxo‘jaev (Oliver Sharkich, 81), Farruh Sayfiev

"Nasaf": Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullaev, Sharof Muhidinov, Dilshod Saitov, Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80), Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloev (Husniddin Aliqulov, 86), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov, 80), Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev (13), Azizbek Turg‘unboev (49), Ikromjon Aliboev (53), Sanjar Quvvatov (75), Dragan Cheran (83), Odiljon Hamrobekov (87) – Marko Stanoevich (20), Aziz Xolmurodov (90+4).

mib
uzcard
cola
apex
bmb