FIFA “Buxoro”ga qo‘yilgan taqiqni 5 kun ichida olib tashlashi yuzasidan Rahat Japarovga murojaat qildi

Xabaringiz bor, FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to‘lash vazifasini yuklagan edi.

27-yanvar sanasida “Buxoro” futbolchi hisob raqamiga belgilangan summani o‘tkazib berdi va FIFAga taqiqni olib tashlash yuzasidan murojaat qilindi. 30-yanvar kuni esa FIFA Rahat Japarovga xat yo‘llab, unga agar e’tirozi bo‘lsa, 5 kun muddat ichida bu haqida ma’lum qilishini, yo‘qsa, “Buxoro” klubidan taqiq 5 kundan so‘ng olib tashlanishini bildirdi.

Bundan tashqari “Buxoro” futbol klubi Marko Milich tomonidan bildirilgan oylik maoshlar bo‘yicha qarzdorlikni ham bartaraf qildi. 

Ayni vaqtda, “Buxoro” FK tomonidan yuborilgan xatga asosan, klub tojikistonlik sobiq futbolchi hamda murabbiylari Tohir Malado‘stov, Daler Kayosov hamda Alisher To‘ychiyev bilan bog‘liq moliyaviy nizoli vaziyatni hal etish bo‘yicha ish olib bormoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb