Coca-Cola Superliganing 23-tur doirasidagi bugunga belgilangan “Bunyodkor” – “Turon” uchrashuvi nihoyasiga etdi. Darvozalarga to‘rtta to‘p kiritildi. Gollarning ikkitasi penaltidan amalga oshirildi. O‘yin davomida har ikkala jamoa tarkibidan bir nafardan futbolchi ikkinchi ogohlantirish bilan maydondan chetlatildi. Yakunda “qaldirg‘ochlar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu yutuq bilan “Bunyodkor” bir pog‘ona yuqoriladi, “Turon” esa o‘z o‘rnidan “qimirlamadi”, sababi jamoa turnir jadvalining eng so‘nggi pog‘onasini anchadan beri “egallab turibdi”. Mag‘lubiyat yaypanliklarning ahvolini yanada yomonlashtirgani rost. Amaliy jihatdan “Turon”da imkoniyat tobora kamayib borayotgan bo‘lsada, nazariy jihatdan hozirdan dadil xulosa chiqarish mushkul.
Coca-Cola Superliga. 23-tur
22 oktyabr, juma
BUNYoDKOR – TURON - 3:1 (1:0)
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 645 tomoshabin.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Abbos Ahrorov
Gollar: Xurshid G‘iyosov, 35-pen. (1:0), Humoyun Murtazoev, 77-pen. (1:1), Umarali Rahmonaliev, 90+3 (2:1), Nurillo To‘xtasinov, 90+6 (3:1)
"Bunyodkor": Ravshan Yagudin, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘raev, Odiljon Abdurahmonov, Nurillo To‘xtasinov, Shahboz Erkinov (Umarali Rahmonaliev, 70), Abdulla Ablullaev, Suhrob Izzatov (Ulug‘bek Abdullaev, 85), Ibrohim Tomiva (Umidbek Sultonov, 90+7)
"Turon": Nizomiddin Ziyovuddinov, Sardor Abduraimov (Asilbek Qayumov, 90+1), Sunnatilla Abdullajonov, Sunnatilla Ermatov (Sinisha Babich, 46), Humoyun Murtozaev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Fozil Musaev, Vladislav Kosminin, Otabek Zokirov (Asliddin Toshtemirov, 46), Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev.
Ogohlantirish: Lutfulla To‘raev, 60 - Dayan Ponevich, 34, Abduqahhor Xojiakbarov, 82
Chetlatish: Lutfulla To‘raev, 65 (ikkinchi sariq) - Dayan Ponevich, 80 (ikkinchi sariq).