U-14. “Odil-Junior” oltin, “Xorazm” kumush, “”Paxtakor” esa bronza medali bilan taqdirlandi

Roppa-rosa o‘n kun davom etgan 14 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionati nihoyasiga etdi. Ishtirok etgan yosh futbolchilar, ularning murabbiylari, selektsioner-murabbiylar, ota-onalar, muxlislar  uchun katta hayajon, ehtirosli daqiqalar, yoqimli taqdirlash marosimlarini taqdim etgan turnirning hal qiluvchi final o‘yini yanada esda qolarli bo‘ldi. Maydonga avvaliga uchinchi o‘rin uchun  kurashadigan jamoalar tushishdi. “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda toshkentliklar ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi. Hal qiluvchi finalda esa “Xorazm” va “Odil-Junior” jamoalari o‘zaro ro‘paro‘ kelishdi.  Finalga qadar ne-ne jamoalar “kuragini erga tekkazgan” urganchliklar nihoyat “Odil Junior” to‘sig‘iga duch kelishdi. Uchrashuvda toshkentliklar yirik – 6:0 hisobida ustunlikka erishishdi.

 

U-14. Chempionati

14 oktyabr, payshanba. “Chig‘atoy” stadioni.

 

 Uchinchi o‘rin uchun

 

PAXTAKOR – NAVBAHOR – 2:0 (1:0)

Hakamlar:Akobir Shukurullaev, Timur Galeev, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Diyor Ermonov (26), Mironshoh Mehmonov (58)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

Final

 

XORAZM – ODIL JUNIOR – 0:6 (0:3)

Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Rixsivoy Abduhakimov (4), Og‘abek Eshmamatov (10), Ulug‘bek Maratov (20), Diyor Tojiev (40), Yaxyoxon Isaqov (45), Javohir Rahimov (60)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb