Pro liga. “Dinamo”ni mag‘lub etgan “Neftchi” kichik oltin medallar va Kubok bilan taqdirlandi

Pro liganing nafaqat turning, balki mavsumning markaziy uchrashuvi deya aytish mumkin bo‘lgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Neftchi” va “Dinamo”... har ikkalasi ham Superliga maslasini hal etib ulgurishgan. O‘zaro o‘yin esa liga g‘olibi kim bo‘ladi, degan savolga oydinlik kiritishi bilan muhim hisoblanardi. Maydon egalari g‘alaba qozongan taqdirda muddatidan oldin chempionlik masalasini hal etgan, ochko yo‘qotganda esa bu masala keyingi uch tur doirasida hal bo‘lishi ehtimoli bor edi.  O‘yin shunga yarasha shiddatli, murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar ikki bor o‘yin qoidasini buzganligi uchun penalti belgilandi.  O‘n bir metrlik “lotoreyani” Sherzod Karimov bexato bajardi.   Samarqandliklarning yagona javob goli esa hech narsani hal etolmadi. Shu tariqa “Neftchi” uch yillik tanaffusdan keyin Pro liganing g‘olibi sifatida Superligaga yo‘llanma oldi va bu hursandchilikni tantanali ravishda nishonladi. Farg‘ona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov O‘zPFL vakillari hamroxligida g‘olib jamoa a’zolarini kichik oltin medal bilan taqdirladi, Kubokni tantanali ravishda jamoa sardoriga topshirdi. Hokim tabrik so‘zida, shuningdek, “Dinamo”ning Superligaga chiqqanligi bilan muborakbod etdi. Taniqli xonanda va so‘z ustalarining chiqishlari bilan boshlangan o‘yin mushakbozlik bilan nihoyasiga etdi.

 

Pro liga. 21-tur. “A” guruhi

14 oktyabr, payshanba

 

NEFTChI – DINAMO – 2:1 (0:0)

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 7102 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Sherzod Karimov, 71-pen. (1:0), Ro‘zimboy Ahmedov,  73 (1:1), Sherzod Karimov, 90-pen. (2:1)

"Neftchi": Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Sherzod Karimov, 68), Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliev, Saydullo Rahmatov, Darko Stanoevich, Aleksandr Esich (Sobit Sindarov, 50), Oybek Qilichev (Izzatillo Abdullaev, 68), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 68), Ulug‘bek Hoshimov (Sardor Abdunabiev, 22).

"Dinamo": Arslonbek Ahrorov, Dmitro Sidorenko, Shohruhbek Abdurahmonov, Humoyun Sherbo‘taev, Ro‘zimboy Ahmedov, Obid Jo‘raboev, Jasur Hasanov, Temurbek Ismoilov, Shokir Yo‘ldoshev (Islom Sharipov, 62), Muhammadqodir Hamraliev, Sardorbek Eminov (Oleg Marchuk, 62).

Ogohlantirishlar: Aleksandr Esich, 18, Shavkatjon Mullajonov, 61, Ilhom Mo‘minjonov, 90+1 -  Humoyun Sherbo‘taev (62).

mib
uzcard
cola
apex
bmb