Birinchi liga. “Zomin” Kubok bilan taqdirlandi, “G‘ijduvon” esa Pro liganing ikkinchi ishtirokchisiga aylandi

Birinchi liganing 21-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. O‘tkazilgan  uchta o‘yinning birida durang natija, ikkitasida esa  yirik hisoblar qayd etildi.  Pro liga yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Navbahor-Farm” o‘z maydonida “Neftgazmontaj” jamoasini qabul qildi. Mezbonlar g‘alaba qozongan taqdirda yuqori ligaga chiqish uchun “G‘ijduvon” bilan raqobatini so‘nggi turda ham davom ettirishi ma’lum edi. Biroq uchrashuvda duran kuzatildi. . Bu esa “G‘ijduvon”ga qo‘l keldi va “Zomin” kabi muddatidan avval Pro liganing ikkinchi ishtirokchisiga aylandi. Pro liga masalasini o‘tgan turdayoq hal etib ulgurgan “Zomin” o‘zida “Chig‘atoy” jamoasini qabul qildi. Toshkentliklar, futbol odatiga ko‘ra, o‘yindan oldin g‘olib jamoani “koridor” tashkil etgan holda maydonga tantanali ravishda kirib kelishlarini ta’minlab berishdi. Uchrashuvda yirik natija qayd etildi. Birinchilik to‘purarlari bahsida 12 ta to‘pi bilan peshqadamlik qilayotgan Muhammad Odilov raqiblar darvozasini to‘rt bor nishonga olib, to‘plari sonini birov etib olishi amrimahol bo‘lgan 16 taga etkazib oldi.   “Jomboy” – “Lochin” uchrashuvi ham ahamiyatli edi. Jomboyliklar yutqazgan taqdirda “Jizzax-Bars”ga ligada qolish uchun imkoniyatlar eshigi ochilar edi. Bu erda ham maydon egalari yirik hisobda g‘alaba qozonishdi va ligani tark etuvchi jamoa nomini aniqlashni so‘nggi turga qoldirishdi.

 

Birinchi liga. 21-tur.

10 oktyabr, yakshanba

 

NAVBAHOR – NEFTGAZMONTAJ – 1:1 (1:1)

Namangan. “Markaziy” stadion. 57 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Xayrulla Normatov, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Sherzod Rixsiboev, 41 (0:1), Javohir Husanov, 44 (1:1)

Ogohlantirishlar: Abdulaziz Nishonboev, 15, Xojiakbar Yunusov, 83, Aziz Koshibxanov, 88 – Kandi David, 18, Saidmahmud G‘ulomov, 50, Said Topilov, 76, Sherzod Rixsiboev, 86.

 

ZOMIN – ChIG‘ATOY – 6:3 (2:0)

Zomin. “Zomin” markaziy stdioni. 207 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Islom Nosirov, Boburbek Ibrohimov

Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Muhammad Odilov, 18 (1:0), Muhammad Odilov, 26 (2:0), Sunnatullo Rustamov, 47 (3:0), Muhammad Odilov, 52 (4:0), Samandar Sodiqov, 54 (4:1), Ravshan Xursanov, 62 (4:2), Muhammad Odilov, 71 (5:2), Ravshan Xursanov, 74 (5:3), Begzod Ahmedov, 84 (6:3)

Ogohlantirishlar: Eldor Karimov, 90+4 – Mustafo Abdumannopov, 31.

 

JOMBOY –  LOChIN - 6:2 (2:1)

Jomboy. “Jomboy” stadioni. 57 tomoshabin.

Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Akmal G‘iyosov, Aleksandr Burov

Nazoratchi: Abdurahmon Qo‘ldoshev

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Mirzoir Mirqosimov, 10 (0:1), Abdulla Nabiev, 13 (1:1), Abdulla Nabiev, 14 (2:1), Abdulaziz Jo‘raev, 49 (2:2), Oybek To‘raboev, 56 (3:2), Abdulla Nabiev, 63 (4:2), Nurbek Xoljigitov, 72 (5:2), Alisher Egamov , 82 (6:2)

Ogohlantitrishlar: Oybek To‘raboev, 44, Azim Tillaev, 53 – Amir Fayziev, 30, Yaxyo Ma’rufxo‘jaev, 51.

mib
uzcard
cola
apex
bmb