U-14. Mazmunli o‘yinlar, chiroyli gollar, esda qolarli voqealar...

14 yoshlilar musobaqasining ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Maydon va iqlimga tobora moslashib borayotgan yosh futbolchilarning bu galgi xatti-harakatlari avvalgisidanda  tezkor, shiddatkor, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqlari bilan kuchliroq bo‘lganligi sezilib turdi. O‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvdan (“Aral Samali” jamoasi turnirga etib kelmagan) birortasida ham durang qayd etilmadi. O‘yinlarning teng yarmidan ko‘prog‘ida yirik natijalar kuzatildi. Andijonliklarning “So‘g‘diyona” ustidan erishgan 9:0 hisobidagi g‘alaba hozircha musobaqaning eng yirik natijasi bo‘lib turibdi. Ikkinchi turdan keyin “Nasaf”, “Paxtakor”, “Xorazm” va “Navbahor” jamoalari o‘z guruhlarida yuz foizli natija bilan peshqadamlik qilyapti. Navbatdagi bosqichga kimning chiqish-chiqmaslik masalasi faqat uchinchi turda hal bo‘ladi. Turnir davomida esda qoladigan voqealardan biri “Lokomotiv” – “Odil Junior” uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi Quvonchbek Abraevga (“Lokomotiv”) maxsus sovrinni futbolimiz yulduzi Odil Ahmedovning o‘zi topshirdi. “Bunyodkor” – “Xorazm” jamoalari o‘yinida “yosh qaldirg‘ochlar” darvozasiga to‘p kiritgan “Xorazm” hujumchisi Asad Rajabboev ushbu golini onasining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlaganligini o‘ziga xos qiliqlari bilan namoyish etdi...

 

U-14. Chempionati

2-tur. 6 noyabr, chorshanba

 

“A” guruhi. “Bunyodkor” stadioni

 

SURXON – NASAF – 1:3 (0:1)

Hakamlar: Davron Akmalov, Ziyoviddin Erkinov, Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Shodlik Qayumov (61) – Shohjahon Eshboev (13), Alisher Shukurov (57), Ozod Ochilov (68)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

ANDIJON – SO‘G‘DIYoNA –  9:0 (7:0)

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Bobomurod Egamberdiev (6), Patiddin Zuhriddinov (15, 20, 32), Sardor Fozilov (18-pen.), Abdurahmon G‘aniev (21), Ozodbek Sobirov (30), Izzatillo Akramov (59) – Alisher Mustafoev (54-o‘z darv.).

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.  

 

“V” guruhi.”Bunyodkor” stadioni.

 

LOKOMOTIV – ODIL JUNIOR – 1:0  (1:0 (0:0)

Hakamlar: Davron Akmalov, Ziyoviddin Erkinov, Daniil Yattsenko

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gol: Javohir Rahimov (69-o‘z darv)

Ogohlantirish: Inomjon Abdumajidov (52) – yo‘q.

 

TURON – PAXTAKOR – 1:4 (1:2)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Ziyoviddin Erkinov, Daniil Yattsenko

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Asilbek Abdusamadov (27) – Farruh Agaev (10-pen.), Mironshoh Mehmonov (29), Chingiz Tuymekulov (54), Humoyun Nazarov (69)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

S” guruhi. “Chig‘atoy” stadioni.

 

BUNYoDKOR – XORAZM – 1:2 (0:1)

Hakamlar: Nikita  Mustafin, Shohruh Maqsudov, Atham Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: jahongir Rahmatullaev

Gollar: Kamron Yusupov (55) – Asad Rajabboev (25), Abror Husainov (67)

Ogohlantirishlar: Tohir Shuhratov (27), Shorahim Shorahmedov (49) -  yo‘q.

 

ARAL SAMALI – METALLURG - -:+

 

D” guruhi. “Chig‘atoy” stadioni.

 

NURAFShON – QO‘QON-1912 – 5:1 (2:0)

Hakamlar: Jaloliddin Xusniddinov, Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Bahodir Nabatov (5, 42), Kamron Abdullaev (50) - Abdulaziz G‘aniev (19-o‘z darv.), Samandar Umarov (44), Abdulaziz G‘aniev (68-o‘z darv.)

Ogohlantirishlar: Usmonjon Usmonov  (20), Amarxabib Avezov (54) – Sherzod Ubaydullaev (37), Ibrohim Matfozilov (58).

 

NEFTChI – QIZILQUM – 0:1 (0:1)

Hakamlar: Hasan Nabiev, Saidaxror Saidaxmatov, Amir Galeev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Sayidin Mavlonov (20)

Ogohlantirishlar: Abdulvosit Soliev (22), Ozod Abdulxaev (46) – Bexruz Ismoilov (44), Sarvarbek G‘afforov (54), Sardor Baxtiyorov (70+4).

 

“E” guruhi

 

NAVBAHOR – AGMK – 4:0 (0:0). “Bunyodkor” stadioni.

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Amir Galeev, Saidaxror Saidahmatov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Ma’murjon Zokirjonov (62, 67), Qutfiddin Shamsiddinov (63), Abdulloh Jamolov (65)

Ogohlantirishlar: Abdulloh Jamolov (66) – Abbos Usmonxonov (70).

 

DINAMO – MASh’AL – 1:4 (0:2). “Chig‘atoy°stadioni.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Jafar Toshtemirov (43) – Azamat Rahmonov (17), Javohir G‘ulomov (23), Abbos Kamolov (58), Begjon BOboqulov (59)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

Chetlatish: Yo‘q - Shohjahon Burxonov (7).

mib
uzcard
cola
apex
bmb