U-21. “Bunyodkor” Qarshida uch ochko “ishladi” va “kumush” joyini saqlab qoldi

21 yoshlilar chempionatida 20-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Qarshiga safar uyushtirgan  yosh “qaldirg‘ochlar” mezbon “ajdarlar”ni engib, turnir jadvalida ikkinchi pog‘onadagi joyini saqlab qoldi. Natija aksincha bo‘lganida edi ayni paytda oltinchi o‘rinda bo‘lib turgan “Nasaf” aynan “Bunyodkor” o‘rnini egallagan bo‘lar edi. Ikkinchi uchrashuvda esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Gol urish na mezbon “Lokomotiv”ga va na mehmon “Mash’al”ga nasib etdi.  

 

U-21. 20-tur.

25 sentyabr, shanba

 

AGMK – SURXON – 1:0 (0:0)

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 75 tomoshabin.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Husniddin O‘rolov, Muhammadaziz Karimov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Boburbek Sobirov, 66 (1:0)

Ogohlantirishlar:   Yo‘q – O‘rol Choriev, 33, Sharafiddin Shobirov, 87, Sardor Sulaymonov, 90+3.

 

SO‘G‘DIYoNA – METALLURG – 4:1 (0:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” FK qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Jamshid Akmalov, 52 (1:0), Abror Sarimsoqov, 60 (1:1), Jamshid Akmalov, 63 (2:1), Hayotjon Shodmonov, 65 (3:1), Samandarjon Mavlonqulov, 90+3 (4:1)

Ogohlantirishlar: Diyorbek Yunusov, 27, Iskandar Toshmurodov, 59 – yo‘q.

 

NAVBAHOR – QIZILQUM – 1:0 (0:0)

Namangan. “Navbahor” stadioni zaxira maydoni. 565 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gol: Taxir Rafaelov, 55 (1:0)

Ogohlantirishlar: Murodjon Adashboev, 36 – Bobomurod Imomov, 15, Oybek Hamidov, 20.

 

26 sentyabr, yakshanba

 

NASAF – BUNYoDKOR – 0:1 (0:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 87 tomoshabin.

Hakamlar:  Ilya Ilin, Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

 Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Alfayz Ne’matov, 72 (0:1)

Ogohlantirish: Nodirbek Mukarov, 70 – yo‘q.

 

LOKOMOTIV – MASh’AL – 0:0

Toshkent. TTYMI stadioni.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Abbos Axrorov

Ogohlantirishlar: Ali Abdurahmonov, 83 – Sirojiddin Allaev, 5, Hakimbek Boboqulov, 59.

mib
uzcard
cola
apex
bmb