Coca-Cola Superliga. “Paxtakor” peshqadamlik, “Andijon” esa autsayderlik mavqeini “mustahkamladi”

Superliganing 16-tur doirasidagi ikkita o‘yin o‘tkazildi. “Paxtakor” o‘z maydonida AGMKni qabul qildi. Azizbek Turg‘unboevning uchrashuv boshidayoq kiritgan goli o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va “Paxtakor” eng yaqin ta’qibchisi “So‘g‘diyona”ni 14 ochko ortda qoldirgan holda peshqadamligini mustahkamlab oldi. Turnir jadvali autsayderi “Andijon” esa “Bunyodkor”ga mezbonlik qildi. Garchi tashabbus mehmonlarda bo‘lsa, dastlabki golni urishga ham muvaffaq bo‘lgan ersada javob to‘pini kiritgan Diyor Rahimqulovning avgust oyi bo‘yicha chempionatning eng chiroyli goli muallifi nominatsiyasiga da’vogarlik qilishiga shubha yo‘q. Shundan keyin ham “qaldirg‘ochlar” mezbonlar darvozasiga yana uchta to‘p kiritishning uddasidan chiqishdi.

 

Coca-Cola Superliga. 16-tur

26 avgust, payshanba

 

ANDIJON – BUNYoDKOR - 1:4 (1:1)

Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Otabek Qosimov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Rustam Lutfullin

VAR assistent: Alisher Usmonov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Ibrohim Tomiva, 30 ( 0:1), Diyor Rahimqulov, 33 (1:1), Ibrohim Tomiva, 52 (1:2). Mirjahon Mirahmadov, 64 (1:3), Farruh Ikromov,  67 (1:4)

Amalga oshirlmagan penalti: Mirjahon Mirahmadov, 62

"Andijon": Eldor Adhamov, Sardor Hursandov, Azamat Isroilov (Izzatillo Abdulxaqov, 78), Usmonali Ismonaliev, Bahtiyor Qosimov, Pavel Zabelin, Vladislav Vasilev (Abduvoxid G‘ulomov, 70), Abdulhay Ismoilov (Farxod Soxibjonov, 70), Abdug‘ani Kamolov, Diyor Rahimqulov (Muhammadkarim Toirov, 70), Xurshid Ubaydullaev (Sherzod G‘ulomjonov, 78)

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev (Muhammadodil Qahramonov, 81), Farruh Ikromov (Farhod Mirahmatov,75),  Mirjahon Mirahmadov ( Shahboz Erkinov, 75), Odiljon Abdurahmonov (Sanjar Rashidov, 63), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov (Xurshid G‘iyosov, 63), Ibrohim Tomiva

Ogohlantirishlar: Usmonali Ismonaliev, 62, Eldor Adhamov, 89 - yo‘q.

 

PAXTAKOR – AGMK - 1:0 (1:0)

Toshkent. "Paxtakor" stadioni.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistent: Ruslan Serazitdinov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Azizbek Turg‘unboev, 5 (1:0).

"Paxtakor":  Eldorbek Suyunov,  - 3.Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboev, Dragan Cheran (Abrorbek Ismoilov, 72), Boyan Matich (Sherzod Temirov, 86), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev (Sharof Muhitdinov, 86), Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 72),Farruh Sayfiev.

AGMK: Valijon Rahimov, Mirjamol Qosimov (Elvin Fortes, 75),  Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Zafar Polvonov (Sanjar Shoahmedov, 46), Murod jon Toshmatov (Shohruh Gadoev, 89), Abbosjon Otaxonov,  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘raev, 86), Yovan Jokich, Martin Boake, Dilshodbek Ahmadaliev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 75)

Ogohlantirishlar: Dragan Cheran, 45+2, Farruh Sayfiev, 90+3, Eldorbek Suyunov, 90+4 -  yo‘q.

Chetlatish: Abbosjon Otaxonov, 82.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb