O‘zbekiston kubogi. “Qizilqum” va “Olimpik” ham chorak final ishirokchilari

O‘zbekiston kubogining nimchorak final doirasida yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. Uy uchrashuvi sifatida Navoiydagi markaziy stadiondan foydalangan “Sho‘rtan” “Qizilqum”ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra g‘uzorliklar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda Islom Kenjaboev tomonidan kiritilgan ikkita to‘p “Qizilqum”ning g‘alabasini ta’minladi va Hamid Axtamov shogirdlari chorak final masalasini hal qilishdi. Ikkinchi o‘yin penaltilar seriyasigacha bordi. “Dinamo” “Olimpik”ka qarshi o‘z uyida yutuqqa erishish uchun borini berdi. Toshkentliklar har gal hisobda oldinga chiqib ketaverishdi, mezbonlar tenglashtirishga muvaffaq bo‘laverishdi. Nihoyat, asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha bo‘limlarda ham durang qayd etilavergach navbat penaltilar seriyasiga keldi. Bunda bo‘lajak olimpiyachilarning omadi kuldi va chorak finalning uchinchi ishtirokchisiga aylandi.

 

Coca-Cola O‘zbekiston kubogi. 1/8 final

18 avgust, chorshanba

 

ShO‘RTAN – QIZILQUM - 1:2 (1:0)

Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Shohnur Yo‘ldoshev, Sherzod A’zamov, To‘rabek Suyunov

Nazoratchi: Isxaq Ibragimov

Komissar: Qudrat Madraimov

 

Gollar: Ma’ruf Jumaev, 12 (1:0), Islom Kenjaboev, 52 (1:1),  Islom Kenjaboev,  61-pen. (1:2)

"Sho‘rtan": Amirbek Lutfullaev, Ozodbek Rajabov, Farzin Muxtorov, Bobur Mamadaminov, Islombek Baratov, Muhriddin Botirov (Bekzod Suvonov, 58,  Javohir Shokirov, 77), Shahboz Jo‘raev, Ahmed Qobiljonov, Ma’ruf Jumaev (Javohir Hasanov, 72), Muhriddin Zoirov (Asadbek Samariddinov, 72), Sarvar Bo‘ronov (Alpomish Mirov, 58).

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Giorgi Kuxianidze, Mate Vatsadze (Ilhomjon Kenjaev, 76), Salim Mustafoev, Jasur Azimov, Islom To‘xtaxo‘jev, Azizbek Usmonov, Elguja Grigalashvili (Vladislav Aleksin, 57), Timur Nabiev (Jamshid Hasanov, 57).

Ogohlantirishlar: Bobur Mamadaminov, 22, Shaxboz Jo‘raev, 58, Islombek Baratov, 60, Javohir Shokirov, 79 – Jasur Azimov, 90+1.

 

 

DINAMO – OLIMPIK - 1:1 (0:0). Qo‘sh. vaqt. 2:2. Pen. bo‘y. 3:5.

Samarqand. “Dinmao” stadioni.

Hakamlar: Rustam Choriev, Elnur Doniyorov, Suhrob Sattorov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Abbos Ahrorov

Gollar: Ruslanbek Jiyanov, 65 (0:1), Ro‘zimboy Ahmedov, 68 (1:1), Eldorbek Begimov, 96 (1:2), Dmitro Sidorenko, 120 (2:2)

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dmitro Sidorenko, Shohruhbek Abdurahmonov,  Ro‘zimboy Ahmedov, Timur Hakimov (Sardorbek Eminov, 46), Siroj Meliev (Oleg Marchuk, 46), Jasur Hasanov, Temurbek Ismoilov (Islom Sharipov, 52), Shokir Yo‘ldoshev (Komil Sharafutdinov, 72), Muhammadqodir Hamraliev, G‘olibjon Sariboev

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov (Farruxbek Muxtorov, 83), Eldor Begimov, Shohjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev, Temur Mamasidiqov (Muhammadali G‘iyosov, 57), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Bektemir Abdumannonov, 64), Dostonbek Tursunov (Hamidjon Rustamxonov, 64), Abdurauf Bo‘riev, Alisher Odilov (Ruslanbek Jiyanov, 57), Davron Anvarov (Muhammadaziz Ibrohimov, 106)

Ogohlantirishlar: Dmitro Sidorenko, 36, Ro‘zimboy Ahmedov, 45, Muhammadqodir Hamraliev, 89, G‘olibjon Sariboev, 90+4 – Muhammadali G‘iyosov, 90,  Bexzod Shamsiev, 105, Farruhbek Muxtorov, 112.

Chetlatish: Muhammadqodir Hamraliev, 97 (ikkinchi sariq), Timur Hakimov (o‘yindan keyin) – yo‘q.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb