Coca-Cola Superliga. “Qizilqum” safarda AGMKni mag‘lub etdi

Coca-Cola Superliganing 6-turidan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. AGMK va “Qizilqum” jamoalari uchrashuvining taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi. O‘yinda -isobni ochish mehmonlarga nasib etdi – Elguja Grigalashvili sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi.  Keyingi ikkita gol esa standart vaziyatdan amalga oshirildi. Avvaliga Mirjamol Qosimov otasi “qilgan ishni davom ettirib”, taxminan 22-25 metr masofadan belgilangan jarima to‘pini darvozaga yo‘lladi, to‘pni Boburbek Yo‘ldoshev qulay vaziyatdan unumli foydalanib darvozaga joyladi. Oradan bir-ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas  huddi shunday vaziyatdan bu gal Erkin Baydullaev foydalandi. Uning zarbasini darvozabon ushlay olmadi. Mazkur g‘alaba “Qizilqum”ni turnir jadvalida 10-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarilib olishiga turtki bo‘ldi

 

Coca-Cola Superliga. 6-tur (qoldirilgan o‘yin)

22 iyun, seshanba

 

AGMK – QIZILQUM - 1:2 (1:2)

Olmaliq. OKMK stadioni. 1200 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Elguja Grigalashvili, 29 (0:1), Boburbek Yo‘ldoshev 34 (1:1), Erkin Baydullaev, 36 (1:2).

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Akramjon Komilov, Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov, 61), Boburbek Yo‘ldoshev (Sardor Rahmonov, 75), Murodjon Toshmatov (Husniddin G‘ofurov, 68), Abbosjon Otaxonov, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘raev, 61), Aleksandr Kasyan, Yovan Jokich, Shohruh Gadoev (Elvin Fortes, 68), Dilshodbek Ahmadaliev.

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Giorgi Kuxianidze, Mate Vatsadze, Fayzullo Qambarov (Sherali Jo‘raev, 46), Salim Mustafoev, Jasur Azimov (Mirjalol Qosimov, 69), Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhsinjon Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili (Behruz Sa’dilloev, 84, Jamshid Hasanov, 90+3), Oleg Tolmasov.

Ogohlantirishlar: Akromjon Komilov, 42 -  Ignatiy Nesterov, 90, Behruz Sa’dulloev, 90+3.

Chetlatish: Akromjon Komilov, 76.

mib
uzcard
cola
apex
bmb