U-21. Qoldirilgan o‘yinda durang qayd etildi

21 yoshlilar Birinchiligining 6-turidan qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. Olmaliqda maydon egalari “Qizilqum” jamoasini qabul qilishdi.  Uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi – har ikkala jamoa raqib darvozasini bittadan gol bilan ishg‘ol etishdi. AGMK ochkolar sonini 23taga etkazgan holda karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, navoiyliklar turnir jadvalida bir pog‘ona yuqorilab, “Paxtakor2ni quvib o‘tgan holda 6-o‘ringa joylashdi.

Ertaga qoldirilgan o‘yinlardan yana ikkitasi bo‘lib o‘tadi. Unda “Paxtakor2 – “Andijon” (6-tur) hamda “Metallurg” – “Nasaf” (9-tur) jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

 

U-21. 6-turning qoldirilgan o‘yini .

21 iyun, dushanba

 

AGMK – QIZILQUM – 1:1 (1:1)

Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 54 tomoshabin

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Mirjalol Orzidinov, Sardor Hasanboev

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Azamatxon Maqsumov, 11 (0:1), Jasurbek Umarov, 45-pen. (1:1)

Ogohlantirishlar: Nodirxon Ne’matxonov, 25 – Bobomurod Bozorov, 44, Shaxzod Turapov, 65.

mib
uzcard
cola
apex
bmb