Zoxirjon Akramxonov OFK kubogi-2021 bahslarida ishlaydi

Joriy yilning may-iyun oylarida qit’amizning klublar miqiyosidagi nufuz bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi OFK kubogi-2021 bahslarining guruh bosqich uchrashuvlari o‘tkaziladi. 

Musobaqaning “F” guruhi bellashuvlariga Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qiladi. O‘zPFL Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov 14-20-may oralig‘ida bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqaning tashkiliy jihatlariga mas’ul OFK delegatsiyasi tarkibiga kiritildi. 

Hamyurtimiz musobaqa doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar va boshqa masalalarning yaxshi saviyada tashkil etilishi, xususan media, marketing, tijoriy tadbirlar OFK talablariga muvofiq o‘tishi bo‘yicha ish olib boradi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, OFK kubogi-2021 “F” guruhidan Qarshining “Nasaf” jamoasi ham o‘rin egallagan. Mamlakatimiz vitse-chempioni guruhda Turkmanistonning “Oltin asr”, Tojikistonning “Xo‘jand” hamda Qirg‘izistonning “Oloy” klublariga qarshi bahs olib boradi. Yakunda guruhda 1-o‘rinni qayd etadigan jamoa hududiy final bosqichida yana bir Markaziy Osiyo jamoalaridan tashkil topgan “E” guruhi g‘olibiga qarshi bahs yuritadi. Hududiy final bosqichi avgust oyida o‘tkazilsa, uning g‘olibi keyinroq sentyabrda OFK kubogi-2021ning hududlararo yarim finalida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb