Piter Xyuistra: “Paxtakor” hali Superkubokni qo‘lga kiritmagan va biz ushbu bo‘shliqni to‘ldirishni maqsad qilganmiz

O‘zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Dastavval “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistra bo'lajak o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga jamoa sardori Yegor Krimets va Sardor Rashidov hamrohlik qildi.

Piter Xyuistra: - Jamoamiz ushbu kubokni hali qo‘lga kiritmagan. Biz ertaga ushbu bo‘shliqni to‘ldirishni istaymiz. Maqsadimiz g‘alaba qozonib, sovrinlarimiz sonini oshirish.

O‘yinchilar ketishi va kelishi odatiy hol. Bunga tayyor turish kerak. Hamrobekov yaxshi saviyadagi futbolchi, lekin tarkibimizda yaxshi saviyali futbolchilar etarli. Superkubok mavsumga qay darajada hozirligimizni ko‘rsatadi.

Raqibda ham bir necha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida bir necha o‘yinlarini ko‘rdim. Tarkib o‘zagini saqlab qolishdi. O‘yin uslubi o‘zgarmagan. Ular jiddiy qarshilik ko‘rsatib, jips futbol namoyish etishadi.

O‘yinchilar har xil bo‘ladi. Vazifam ular orasida bog‘lamni tezroq shakllantirish va yaxshi o‘yin ko‘rsatishga urinish. Bu o‘ziga xos boshqotirma, undan chiqib ketishga intilamiz.

Sardor Rashidov: Samarqandga Superkubokni yutish uchun keldik. O‘zim ham birinchi marta unda ishtirok etaman.

“Paxtakor” o‘tgan yili Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Endi jamoa uchun bor kuchim bilan o‘ynab, muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilaman. Mavsumda bizni ichki va xalqaro musobaqalar kutmoqda.

Jamoam uchun yordam berishga urinaman. Raqib muxlislari sizga gapirishi yoki tanqid qilishi mumkin, ammo men klubim uchun mehnat qilaman. Jamoam ishqibozlari mendan yaxshi harakatlar kutishadi.

Yegor Krimets: Yangi mavsumni ijobiy hissiyotlar bilan boshlashni xohlaymiz. Muxlislar bizdan sovrin kutishmoqda. Buni amalga oshirishni istaymiz.

Himoyada ko‘p yillar o‘ynaganda hujumchilar jussasiga qarab o‘ynash tajribasiga ega bo‘lasiz. Har bir raqib uslubini o‘rganib chiqib, shunga yarasha chora ko‘ramiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb