IFFHS reytingi bo‘yicha Murod Xolmuhammedov Virjil van Deykni ortda qoldirdi

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS 2011—2020 dekadasida eng ko‘p gol urgan himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Statistikani tuzishda milliy chempionat oliy ligasida, mamlakat kubogi bahslarida, klub miqyosidagi rasmiy xalqaro  uchrashuvlarda, milliy terma jamoa rasmiy o‘yinlaridagi urgan gollari hisoblangan.

Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov 19-o‘rin, uzoq vaqt davomida “Metallurg” klubi sharafini himoya qilgan, bugungi kunda “Yangier” jamoasida faoliyat olib borayotgan Dilmurod Karimov 52-o‘rinni egallagan.

Xolmuhammedov bu borada “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk va “Real” futbolchisi Marseloni, Karimov esa “Benfika” futbolchisi Yan Vertongen va “Borussiya” himoyachisi Mats Xummelsni ortda qoldirgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb