Diyora Xabibullaeva: Finalda bor imkoniyatimizni ishga solamiz

Xabaringiz bor, 6 dekabr kuni ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bo‘lajak uchrashuv oldidan jizzaxliklar etakchisi Diyoraxon Xabibullaeva o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlab,  final yo‘lanmasini qo‘lga kiritdik. “So‘g‘diyona-W” jamoasi qisqa vaqt ichida ikkinchi marotaba O‘zbekiston kubogi finalida  ishtirok etadi. Buni biz uchun va albatta Jizzax ahli uchun katta g‘urur va yutuq deb bilamiz. 

Kubok bahslarini o‘tkazish uchun bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimida final mezboni sifatida aynan “So‘g‘diyona” markaziy stadioni chiqqanidan xursand bo‘ldik. O‘z uyimizda o‘zimizga bo‘lgan ishonch, mas’uliyat yanada oshadi. Final o‘yiniga har taraflama tayyormiz, bo‘lajak uchrashuvda bor imkoniyatimizni ishga solamiz”, - dedi Xabibullaeva.

mib
uzcard
cola
apex
bmb