Pro liga. 11-tur sanalarida o‘zgarish

Pro liga 11-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin sanasi o‘zgardi. Ushbu turdan o‘rin olgan “Neftchi” – “Sho‘rtan” va “Istiqlol” – “Turon” bahsi mos ravishda 12 hamda 13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ammo, 12 oktyabr sanasida Bosh vazir kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tishi va unda Pro liga bahslarini translyatsiya qiluvchi “Uzreport TV” ijodiy guruhi ishlashi bois, yuqoridagi ikki o‘yin 13 hamda 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.  

Pro liga. 11-tur

11 oktyabr, yakshanba 

15:30 ZOMIN – DINAMO

12 oktyabr, dushanba 

16:00 XORAZM – OQTEPA 

13 oktyabr, seshanba 

15:00 NEFTChI – ShO‘RTAN ǀ Jonli efir

14 oktyabr, chorshanba

15:00 ISTIQLOL – TURON ǀ Jonli efir

mib
uzcard
cola
apex
bmb