"Sport-intervyu" dasturida O‘zPFL rahbari hamda shifokorlardan iborat maxsus komissiya mehmon bo‘lishadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida futbol klublaridagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog‘lig‘i holatini nazorat qilish bo‘yicha malakali shifokorlarni jalb qilgan holda Komissiya tashkil etilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Bugun Sport telekanali orqali efirga uzatiladigan "Sport-intervyu" dasturida O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev hamda yuqorida keltirilgan malakali shifokorlardan iborat komissiya a’zolari mehmon bo‘lishadi. Ushbu dasturda hozirgi kunda barchani qiziqtirayotgan savollar, jumladan, pandemiya sharoitida futbol bahslarini qanday o‘tkazish, murabbiy va futbolchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va shu kabi yana bir nechta savollarga javob olish mumkin.

Anons.

7-avgust, soat 20:00.

Sport telekanali.

“Sport-intervyu” dasturi

mib
uzcard
cola
apex
bmb