Diyor Mirzaboyev: Durang adolatli natija bo‘ldi

Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Andijon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Diyor Mirzaboyev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, “So‘g‘diyona”ning so‘nggi ikki uchrashuvini ko‘rdik. Ular Superliga etakchi jamoalarini mag‘lub etishga erishdi. Bugun o‘z uylarida jamoamizga katta qiyinchilik tug‘dirishini bilib, maydonga tushgan edik. Asosan, raqibimizni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi. Ikki xil taym o‘tkazdik”, – dedi Mirzaboyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb