Baxtiyor Ashurmatov: Keyingi o‘yinlarda ham shunday tempni saqlab qolishga harakat qilamiz

Coca Cola Superliga 6-turidan  o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" va "Surxon" (3:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

 “Surxon” bilan bo‘ladigan o‘yinni murabbiy sifatida hayajon bilan kutayotgandim. Negaki, termizliklar safida Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G‘ofurov, Bubanya kabi ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor edi. Bunday futbolchilar har qanday jamoani kuchaytirishga qodir, deb o‘ylayman. 

Lekin bugun shogirdlarim o‘zlarning nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Bunday yigitlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Chunki, havo issiq bo‘lishiga qaramay, g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynashdi. Futbolchilar jismoniy holatlari yaxshi ekanligini namoyish etishdi. Keyingi o‘yinlar ham bunday tempni saqlab qolishga harakat qilamiz", - dedi Ashurmatov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb