Bolalar kuni munosabati bilan ko`zi ojiz futbolchilar o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi

Yurtimizda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami keng nishonlandi. Mazkur bayram munosabati bilan qator tadbir hamda musobaqalar tashkil etildi. Shu qatorda O`zbekiston Professional futbol ligasi ham ushbu bayram kunlari bir qator uchrashuv hamda tadbirlar o`tkazdi.

Bugun O`zbekiston Professional futbol ligasi hamda O`zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Toshkent mintaqaviy bo`limi hamkorligida bolalar kuni munosabati bilan ko`zi ojiz futbolchilar ishtirokida maxsus musobaqa bo`lib o`tdi. Unda poytaxtimizdagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat o`quvchilari qatnashishdi.

Qiziqarli bahslarga boy tarzda o`tgan musobaqa yakuniga ko`ra, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat o`quvchilaridan tashkil topgan “Ardus” jamoasi musobaqa g`olibligini qo`lga kiritdi. 

Musobaqa yakunida g`olib va sovrindorlarga esdalik sovg`alari hamda medallar taqdim etildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb