Biz haqimizda

Mamlakatimizda futbol klublari ishini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasining tavsiyasiga binoan 2008 yili O`zbekiston Professional futbol ligasi tashkil etildi.

Bugungi kunda O`zbekistonda professional va yarim-professional futbol klublari o`rtasida quyidagi musobaqlar o`tkazib kelinmoqda:
  • Superliga jamoalari o`rtasida O`zbekiston chempionati (14 jamoa);
  • Pro-Liga jamoalari o`rtasida O`zbekiston birinchiligi (10 jamoa);
  • Professional futbol klublari o`rtasida O`zbekiston kubogi musobaqasi;
  • Superliga jamoalari o`rinbosarlari tarkiblari o`rtasida O`zbekiston birinchiligi;
  • Ikkinchi liga vakillarining Pro-Ligaga o`tish ikkinchi bosqich turniri;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kubogi sohiblari o`rtasida jismoniy tarbiya jamoalari kubogi final musobaqasi;
  • Superliga va Pro-Liga klublari tayyorlov guruhlari va BO`FMlar o`rtasida O`zbekiston birinchiligi.
 
PFL maqsad va vazifalari:
 
Mamlakatimizda professional futbolni takomillashtirish tizimi birinchi navbatda professional futbol klublarimizning Osiyo chempionlari ligasida muvaffaqiyatli qatnashuvini ta`minlash, shuningdek, FIFA, OFK chempionatlari va xalqaro musobaqalarda O`zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan yuqori malakali futbolchilar bilan terma jamoalarimiz tarkibini mustahkamlash.
mib
cola
apex
bmb