PFL bosh direktori OChL taqvimini tuzish komissiyasi yig`ilishida ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2019-2020 yillar uchun O`zbekiston klublariga Osiyo Chempionlar Ligasida 1+2 ko`rinishida kvotalar taqdim etgan. 

“Lokomotiv” jamoasi mamlakat chempioni sifatida kelasi yili qit`a Chempionlar ligasining guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. “Paxtakor” va AGMK esa saralash bosqichidan boshlab ushbu nufuzli musobaqada qatnashadi.

Qayd etish joizki, OFK 2021-2022 yillar uchun musobaqa taqvimini ishlab chiqish ishlarini boshlab yubordi. Bugun Ummon Sultonligi poytaxti Maskat shahrida OChLda jamoalari ishtirok etuvchi 10 ta etakchi mamlakat – Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA va O`zbekiston professional futbol ligalari bosh direktorlaridan iborat maxsus komissiya ish boshladi. Komissiya 2021-2022 mavsumlar uchun OFK klublar o`rtasidagi musobaqalari taqvimini tuzish bo`yicha takliflarni muhokama etadi. Mazkur komissiya yig`ilishida O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori – Omon G`ofurov ham ishtirok etmoqda.  

Ta`kidlash joiz, ishchi komissiya a`zolari ertaga Maskatda tashkil etiladigan OFKning yil yakunlariga bag`ishlangan taqdirlash marosimida ham qatnashishi ko`zda tutilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb