“Real Madrid” murabbiylari ishtirokidagi seminarlarga start berildi

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o`rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizga Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo`yicha “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgani xaqida xabar berib o`tgan edik.

Ushbu tashrif dasturiga ko`ra, bugun 1 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasida ispaniyalik mutaxassislar ishtirokida nazariy seminar tashkil qilindi. Seminarda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan bolalar futbol murabbiylari ishtirok etishmoqda.

Shuningdek 1 iyun kuni soat 17:00 dan boshlab ispaniyalik murabbiylar ishtirokida o`zbekistonlik hamkasblari hamda yosh futbolchilarga amaliy mashg`ulotlar tashkil etiladi.

 Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo`lib, bolalarga futbol bo`yicha master-klasslar o`tab berishadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb