«Bunyodkor» - O`zbekiston Superkubogi-2014 sohibi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchun bahsda «Lokomotiv»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va mavsumning ilk sovrinini qo`lga kiritdi.

Toshkentdagi «JAR» stadionida kechgan bahsda, o`tgan mavsum chempioni va Kubogi sohibi - Toshkentning «Bunyodkor» va o`tgan mavsumda O`zbekiston Chempionatida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan Toshkentning «Lokomotiv» klublari Superkubok uchun bahsda maydonga tushishdi.

O`yinning dastlabki daqiqalari ko`proq «temiryo`lchilar» tashabbusi ostida o`tganiga qaramay. o`yinning 26 daqiqasiga qadar har ikkala jamoada gol kiritish uchun deyarli qulay imkoniyatlar bo`lmadi. Aynan 26-daqiqada «Bunyodkor» qarshi hujumda hisobni ochishga erishdi. Chap qanotdan Bahodir Pardaev to`pni darvoza qarshisida yolg`iz qolgan jamoadoshi Aleksandr Pishurga oshirdi. Ukrainalik hujumchi esa, qulay vaziyatda deyarli bo`sh darvozani ishg`ol qilib hisobni ochdi - 0:1. Birinchi bo`limda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

O`yinning ikkinchi bo`limi boshida, «Lokomotiv» ustozi Vadim Abramov bir ikki yangi futbolchi - Jasur Hasanov va Ivan Nagaevlarni maydonga tushirdi. Lokomotiv ustunlikni o`z qo`liga olib, hisobni tenglashtirishga harakat qilayotgan bir paytda, 67-daqiqada Bunyodkor o`yindagi ikkinchi golini kiritishga erishdi. Zahiradan maydonga tushirilgan Voxid Shodiev o`ng qanotdan Sardor Rashidov havolatib uzatgan to`pni erga tushirmay, darv

ozaning yuqori burchagini chiroyli tarzda ishg`ol qildi - 0:2.
O`yinning qolgan daqiqalarida «Lokomotiv» ko`proq hujum uyushtirishga va hisobni tenglashtirishga erishdi. Vyacheslav Shevchenko burchak to`pidan so`ng boshi bilan Zuhurov darvozasini ishg`ol qildi va hisobni qisqartira oldi. Ammo, yana bir gol urib, hisobni tenglashtirish Abramov shogirdlariga nasib qilmadi.

Shu tariqa, «Bunyodkor» mavsumdagi ilk rasmiy o`yinda g`alaba qozonib, ikkinchi marotaba o`tkazilayotgan O`zbekiston Superkubogi g`olibiga aylandi.

O`zbekiston Superkubogi-2014
7 mart. Toshkent. «JAR» stadioni
«LOKOMOTIV» – «BUNYoDKOR» - 1:2 (0:1)

Gollar: Vyacheslav Shevchenko (80) — Aleksandr Pishur (26), Vohid Shodiev (67)
«Lokomotiv»: 1. Ignatiy Nesterov, 22. Viktor Karpenko, 19. Islom Inomov (Foizl Musaev 71), 4. Bobur Yo`ldoshev, 3. Evgeniy Gogol, 16. Jasur Hasanov, 88. Lutfulla To`raev, 30. Dilshod Jabborov, 8. Akmal Xolmatov (Jasur Hasanov, 46), 10. Farhod Tojiev (Ivan Nagaev 46), 99. Vyacheslav Shevchenko
Zaxirada qolganlar: Temur Jo`raev, Islom To`xtaxo`jaev, Ibrohim Rahimov, Sardor Mirzaev
«Bunyodkor»: 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G`ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Aleksandr Pishur, 16. Karles Koto (Sardor Rashidov 60), 24. Bahodir Pardaev (Alibobo Rahmatullaev 75), 27. Sardor Sobirxo`jav, 33. Oleg Zoteev (Vohid Shodiev 67), 40. Sergey Simonenko.
Zaxirada qolganlar: Pavel Bugalo, Dilshod Jo`raev, Bobur Akbarov, Sahob Jo`raev
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Bahodiir Qo`chqorov

mib
uzcard
cola
apex
bmb