Oliy liga. 15-oktyabr kuni II bosqichga qur’a tashlanadi

Bilasiz, bir necha kun muqaddam O‘zbekiston ayollar terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun rejasiga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, vakilalarimiz Vengriyaga yo‘l oladi hamda mamlakat bosh jamoasiga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL taqvim reja bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

15-oktyabr kuni Oliy liga 18-tur uchrashuvlari bilan I bosqich yakuniga etadi. Shu kunning o‘zida, aniqrog‘i, kech soat 20:00 da II bosqich uchun qur’a tashlab beriladi. O‘z navbatida 19-tur o‘yinlari 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mos ravishda 20-21-tur uchrashuvlari 27-oktyabr hamda 1-noyabr sanalarida o‘tkaziladi.

Oliy liganing so‘nggi ikki tur uchrashuvlari FIFA kunlaridan keyinga rejalashtirilgan. Shu tariqa 22-23 turlar mos ravishda 21-hamda 25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb