O‘zbekiston U-17 qizlar termasi sabab AGMK-W o‘yinlari ko‘chirildi

2021-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda eng yaxshi ayollar murabbiyi sifatida tan olingan Ilhom Hanjariyev AGMK-W bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, O‘FA mazkur mutaxassisni O‘zbekiston U-17 qizlar termasiga ham bosh murabbiy sifatida taklif qilgan. 

O‘zbekiston U-17 qizlar termasi 22-30-may kunlari Mongoliya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etadi. So‘nggi vaqtlarda AGMK-W yosh futbolchi qizlarni tarbiyalashga katta ahamiyat bermoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur jamoaning 7 nafar futbolchisi termaga jalb qilingan. Bosh murabbiy ham tabiiyki safarga jo‘nab ketadi. 

O‘FA 12-may kuni rasmiy xat bilan chiqib, yuqoridagi holat sabab AGMK-W jamoasining Oliy liga 7 va 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarini boshqa muddatga ko‘chirishni so‘radi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL rasmiy uchrashuvga 9 kun vaqt qolganda ikki uchrashuv sanasini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 7-turdan o‘rin olgan “Paxtakor-W” jamoasiga qarshi uchrashuv 8-iyunga qoldirildi. 8-turdan o‘rin olgan “Sevinch”ga qarshi uchrashuv sanasi esa keyinroq ma’lum qilinadi.

O‘zPFL samarali faoliyat olib borayotgan Ilhom Hanjariev va AGMK-W bilan bog‘liq vaziyat sababgina shunday qarorga keldi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb