Ayollar futboli. Birinchi liga. “Neftchi” o‘ynab, AGMK esa “dam olib” uch ochko oldi

Termiz shahrida ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing belgilangan 9 va 10-turlaridan birinchisi bo‘lib o‘tdi. Bundan oldingi tur Andijonda tashkil etilgan bo‘lib, u erga Xorazmning “To‘maris” jamoasi etib bora olmagandi. Termizda tashkil etilgan musobaqaga esa endi “To‘maris” yoniga “Andijon” ham qo‘shildi.  Mazkur jamoalarga texnik mag‘lubiyat yozilgan bo‘lsa, ularga raqiblik qilishi lozim bo‘lgan “Dinamo” va AGMK-2 jamoalariga texnik g‘alaba taqdim etildi.

Turda yagona uchrashuv “Neftchi” va “Surxon” jamoalari o‘rtasida uyushtirildi. Bashorat qilinganidek, farg‘onaliklar o‘yinda yaqqol ustunlikka erishishdi. Tarkibdagi Gulira’no Hasanovaning o‘zi raqiblar darvozasini to‘rt bor nishonga ola bildi. Qiziq tomoni, uchrashuvning ilk daqiqasidayoq  maydon egalari hisobni ochishgandi. Faqat to‘pni raqib tomonga emas, balki o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘yishgandi...

 

Ayollar futboli. Birinchi liga.

9-tur. 5 oktyabr, seshanba. Termiz.

 

NEFTChI – SURXON – 6:0 (5:0)

Hakamlar: Jahongir Noraliev, Nigora Muhammadieva, Anvar Jumaev

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Gulira’no Hasanova (14, 18, 21, 62), Adiba Omonova (42) - Ma’suma Rahmatqulova (1-o‘z darv.)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Ma’suma Rahmatqulova (71), Lobar Karimova (73).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb