U-18. “Aral Samali” quyidan birinchiga “mustahkamlanyapti”

18 yoshlilar musobaqasining 17-turidan joy olgan uchrashuvi o‘tkazildi. “Aral Samali” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va ikki to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi. Atigi 9 ochko to‘plagan nukusliklar ligani tark etgan “Oqtepa”ni inobatga olmaganda quyi pog‘onaga tobora “mustahkamlanib” boryapti.

 

U-18 Chempionati.

17-tur uchrashuvi. 1 oktyabr, juma

 

ARAL SAMALI – SURXON – 1:3 (0:1)

Nukus. “Futbol mahorat maktabi” maydoni.43 tomoshabin.

Hakamlar: Dauletbay Amanbaev, Faruh Ashirbaev, Meyirbek Axunov

Nazoratchi: Ne’matulla Qutiboev

Komissar: Aybek Nurbaev

Gollar: Maxset Qulbaev (63) – Oybek Gazarov (12), Samandar Qodirov (86, 89)

Ogohlantirishlar: Alpamis Danebaev (11) – Shohjahon Zaripov (35), Suxrob Umaraliev (38), Diyorbek Rashidov (52)

Chetlatish: Elnur Rahmonqulov (90+3, “Surxon”).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb