Coca-Cola Superliga. “So‘g‘diyona” tezkor gol rekordini takrorladi

Coca-Cola Superliganing 20-tur doirasidagi “So‘g‘diyona” va “Metallurg” jamoalari uchrashuvida mezbonlar raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Qizig‘i, maydon egalari o‘yinning ilk daqiqasidayoq raqiblari darvozasini nishonga ola bilishdi. Jamshid Boltaboev mavsumda eng tezkor kiritilgan gol mualliflarining uchinchisi bo‘ldi. Bundan avval “Qo‘qon-1912” a’zosi Sardorbek Azimov (9-turda  aynan “So‘g‘diyona” darvozasiga) hamda “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaev (11-turda “Qo‘qon-1912” darvozasiga) ham birinchi daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo‘lishgandi. Jizzaxliklarning g‘alabasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa eng yaqin ta’qibchisi AGMKning etib olishiga yo‘l qo‘ymadi.

 

Coca-Cola Superliga. 20-tur

26 sentyabr, yakshanba

 

SO‘G‘DIYoNA – METALLURG - 2:0 (1:0)

Jizzax.”So‘g‘diyona” markaziy stadioni. 987 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Ruslan Serazitdinov, Shohruh A’zamov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Baxtiyor Namazov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Jamshid Boltaboev, 1 (1:0), Shohruz Norxonov, 50 (2:0)

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Elyor Orifov (Asiljon Begimqulov, 59), Ayubxon No‘’monov (Darko Stanoevich, 46), Iskandar Shoyqulov (Jasurbek Hakimov, 81), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 81), Jasur Hasanov, Shahboz Jo‘rabekov (Ergash Ismoilov, 43), Javohir Qahramonov, Luka Chermel, Marko Kolakovich.

"Metallurg": Akmal Tursunboev, Odilbek Abdumajidov, Salamat Kutibaev (Ibrohim Ibragimov, 55), Shahzodbek Nurmatov (Ivan Nagaev, 55), Abrorbek Toshqo‘ziev (Zohid Abdullaev, 55), Shahzodbek G‘ofurbekov, Stanislav Andreev, Akbarjon Ismatullaev, Muhammad Isaev (Dilshod Rahmatullaev, 68), Abdurahmon Abdulhaqov  (Ruslan Roziev, 84), Damir Temirov

Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov, 51 – Muhammad Isaev, 12.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb