Coca-Cola Superliga. “Paxtakor”ga mehmon yoki mezbonlikning farqi yo‘q – mag‘lubiyatsiz seriyasi 17 ta turga etdi

Superliganing 17-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Bekobodga safar uyushtirgan “Paxtakor” mezbonlarni ayab o‘tirmadi – yirik hisobda g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 ta turga etkazdi. Mehmon yoki mezbonlikning farqini “sezmagan” “sherlar” oliy maqsad sari intilishini davom ettirishyapti. “Bunyodkor”  va “qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvining taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi – maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘z uyida muxlislarsiz to‘p tepishga “ko‘nikmagan” “Navbahor”  AGMKga qarshi o‘yinda shunga yarasha natija qayd etdi. Jamoalar harchand urinishmasin gol urish na unisiga va na bunisiga nasib etdi. Uchrashuv shiddatli, keskin va murosasiz, hatto asabiy tarzda o‘tdi. Bunda ikkala jamoa ustozlari Samvel Babayan ham, Mirjalol Qosimov ham bosh hakam tomonidan “tanbeh” (ogohlantirish) olganligi yaqqol misol bo‘lib turibdi.

 

Coca-Cola Superliga. 17-tur

10 sentyabr, juma

 

METALLURG – PAXTAKOR – 0:3 (0:2).

Bekobod. “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar:  Dragan Cheran, 29 (0:1), Azizbek Turg‘unboev, 31 (0:2), Boyan Matich, 71 (0:3)

"Metallurg": Akmal Tursunboev, Odilbek Abdumajidov, Xudoyshukur Sattorov, Salamat Kuttiboev (Muhammad Isaev, 82), Shahzodbek G‘ofurbekov,  Stanislav Andreev (Abrorbek Toshqo‘ziev, 34), Ibrohim Ibragimov (Zohid Abdullaev, 46), Dilshod Rahmatullaev,  Akbarjon Ismatullaev, Farruhjon Ibrohimov, Damir Temirov (Ivan Nagaev, 65).

 “Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov (Abrorbek Ismoilov, 81), Azizbek Turg‘unboev (Dostonbek Hamdamov, 72), Dragan Cheran (Sharof Muhitdinov, 85), Boyan Matich (Sherzod Temirov, 81), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 72), Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar: Zohid Abdullaev, 47, Xudoyshukur Sattorov, 86 -  Eldorbek Suyunov, 47, Sherzod A’zamov, 85.

 

BUNYoDKOR – QO‘QON-1912 – 2:1 (2:1)

Toshkent. «Bunyodkor» stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Husniddin Shodmonov, Olim Abduvosilov,  Sanjar Nazarov.

Nazoratchi: Temur Abdullaev.

VAR hakami: Ahrol Risqullaev.

VAR assistent: Andrey Tsapenko.

VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin.

Komissar: Sherzod Rajabov.

Gollar: Lutfulla To‘raev, 26 (1:0), Avazbek O‘lmasaliev, 29 (2:0), Ivan Yosovich, 42 (2:1)

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov (Odiljon Abdurahmonov, 69), Rasul Yo‘ldoshev (Sanjar Rashidov, 69), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 80), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev (Farhod Mirahmatov, 90+2), Abdulla Abdullaev, Ibrohim Tomiva,

"Qo‘qon-1912": Islomjon Abdullaev, Slavko Lukich, Farhodbek Bekmurotov,  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 73), Sardorbek Azimov (Asadbek Sobirjonov, 46), Oybek Rustamov, Iqboljon Malikjonov (Yakuba Bamba, 73), Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov (Suhrob Berdiev, 51), Ivan Yosovich, Andrey Sidorov (Mo‘minjon Meliev, 46)

Ogohlantirishlar: Yo‘q - Sardorbek Azimov, 22. Farhodbek Bekmurotov, 34, Yakuba Bamba, 89.

 

NAVBAHOR – AGMK – 0:0

Namangan. “Markaziy” stadion

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Sultonmurod Abdurahmonov.

VAR hakami: Elyor Tursunov.

VAR assistent: Ziyodullo Abdurahmonov.

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko.

VAR operatori: Sherali Janaliev.

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov.

Komissar: Laziz Qo‘chqorov.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovev, Quvondiq Ro‘ziev (Guttiner Kosta, 63), Panshanbe Ehsoni (Sardor Telyakov, 78), Mirzohid G‘ofurov (Ilhomjon Alijonov, 78), Igor Golban (Islomjon Isoqjonov, 90+1), Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboev.

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Akramjon Komilov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘raev, 79), Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshodbek Ahmadaliev, 74), Sanjar Shoahmedov (Mirjamol Qosimov, 87), Yovan Jokich, Martin Boake (Aleksandr Kasyan, 79), Elvin Fortes (Shohruh Gadoev, 74).

Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov, 30, Samvel Babayan (murabbiy, 45+1), Ibrohim G‘anixonov, 71, Ivan Solovyov, 77 – Sardor Rahmonov, 28, Mirjalol Qosimov (bosh murabbiy, 75).

mib
uzcard
cola
apex
bmb