Coca-Cola Superliga.”Andijon” 16 mavsumlik “an’anasini buzdi”

Coca-Cola Superliganing 17-tur o‘yinlari start oldi. Muborakda autsayderlikka “nomzod” jamoalar o‘zaro kuch sinashishdi. Bir qarashda “Mash’al” bundan oldingi turda Bekobodda g‘alaba qozonib, xavfli hududni tark etishni boshlagandi va bugungi ko‘zlangan g‘alabadan so‘ng imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishlariga umid bor edi. “Andijon”ning quyidan eng pastda ekanligi, buning ustiga 16ta o‘yindan atigi ikkitasida g‘alaba qozona olganligi, eng muhimi, andijonliklar kuchlilar safida to‘p suribdiki hali biron marta Muborakdan g‘alaba bilan qaytmaganliklari ham mezbonlarga dalda berayotgandek edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Uchrashuvning 31-daqiqasida mezbonlar jarima maydonlari ichida raqib hujumchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Usmonali Ismonalievning penaltidan tepgan to‘pi darvoza to‘riga tushdi, biroq bosh hakam to‘p tepilayotgan vaqtda mezbon o‘yinchisi jarima maydoni ichiga kirib ketganligi uchun boshqatdan zarba belgiladi. Usmonali ikkinchi zarbani ham bexato bajardi. Mazkur gol o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi. “Andijon” Muborakdagi mazkur yutug‘i bilan o‘zining 16 mavsumlik “qora an’anasiga” chek qo‘ydi.

 

Coca-Cola Superliga. 17-tur

9 sentyabr, payshanba

 

MASh’AL – ANDIJON - 0:1 (0:1)

Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion.

Hakamlar: Ilya Ilin, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Usmonali Ismonaliev, 31-pen. (0:1)

"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Ifeani Ifeani, Okoro Ibe (Shahzod Shaymanov, 65), Oybek Nurmatov (Xudoyorxon Sagdullaev, 65), Chika Okvara (Zafar Akramov, 87), Chigoze Samuel , Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Shodmonov (Qahramon Bahodirov, 78), Samandar Shukrullaev, Muhammad Yo‘ldoshev (Muhammadali Aliqulov, 78), Sirojiddin Allaev

"Andijon": Eldor Adhamov, Sardorbek Xursandov, Azamat Isroilov (Abdulhay Ismoilov, 80), Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G‘ulomov, Sherzod G‘ulomjonov (Pavel Zabelin, 86), Bahtiyorjon Qosimov,  Vasiliy Sovpel, Abdug‘ani Kamolov (Ibrohimjon Otaxonov, 90+4), Muhammadkarim Toirov (Diyorbek Rahimqulov, 46), Plamen Dimov

Ogohlantirishlar: Sirojiddin Allaev, 29 – Muhammadkarim Toirov, 15, Sardorbek Xursandov, 66, Diyorbek Rahimqulov, 74, Plamen Dimov, 77.

mib
uzcard
cola
apex
bmb