“Navbahor U-16” qizlari ishtirokidagi 4 ta o‘yinga texnik mag‘lubiyat yozildi va klub ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi

O‘zPFL 2021 yilgi mavsumdan boshlab OFK va FIFA talab etayotgan litsenziyalash talablarini to‘liq bajarib kelmoqda. Bunda qizlar o‘rtasida U-16 chempionati musobaqasini tashkil etish masalasi ham alohida o‘rin tutadi.

Rejaga ko‘ra, U-16 jamoalari ishtirokidagi mamlakat chempionati mintaqalarga bo‘lingan holda o‘tkazib kelinmoqda. Musobaqaning “A” guruhidan vodiy jamoalari o‘rin olgan bo‘lib, “Andijon-W”, “Navbahor-W”, “Turon-W”, “Qo‘qon-1912-W” hamda “Neftchi-W” ayollar jamoalariga tayyorlov guruhlari o‘zaro raqobatlashmoqda.

Aniqlanishicha, “Navbahor-W” jamoasi ketma-ket to‘rt uchrashuv davomida Reglament buzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan. Shu yilning 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Neftchi-W” 2:12 “Navbahor-W”, 24 iyundagi “Navbahor-W” 7:0 “Qo‘qon-1912-W”, 29 iyundagi “Andijon-W” 1:0 “Navbahor-W” hamda 5 iyuldagi “Navbahor-W” 6:0 “Turon-W” o‘yinlarida namanganliklar safida hujjatlari soxtalashtirilgan qizlar maydonga tushgan. Ya’ni, bir qator yoshi katta futbolchi qizlar boshqa shaxslarga tegishli hujjatlar bilan uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan va o‘yinda bevosita ishtirok etgan.

O‘FA maxsus inspektsiyasi mazkur vaziyatni o‘rganib chiqdi hamda 31 avgust kuni o‘z xulosasini taqdim etdi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL “Navbahor-W” ishtirokidagi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinlar uchun jamoaga Tartib-intizom kodeksining 5.11-bandi asosida texnik mag‘lubiyat yozadi hamda turnir jadvalini qaytadan shakllantiradi. Tabiiyki, mazkur jarayonda yosh futbolchi qizlarni yuqoridagi kabi harakatga undagan klub rasmiy vakillari bor. Shundan kelib chiqib, klub va aybdor shaxslarga nisbatan chorasi ko‘rish masalasi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb