Ayollar Oliy ligasi. “Sevinch” amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Ayollar futboli bo‘yicha oliy liga jamoalari o‘rtasidagi 15-tur o‘yinlaridan dastlabkilari bo‘lib o‘tdi.  Chempionlikni maqsad qilgan lekin bu yo‘lda ancha yo‘qotishlarga duch kelgan “Sevinch” yana bir da’vogar “Bunyodkor”ni o‘z maydonida qabul qildi va 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. “Qaldirg‘ochlar”ning mag‘lubiyati esa “So‘g‘diyona”ning bosh mukofotga da’vogarligini oshirdi. Buxoroda maydon egalari “Metallurg” jamoasiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar darvozasiga sakkizta urilgan gollarning to‘rttasi Nozima Kamoltoeva tomonidan kiritildi. Shu o‘rinda “Buxoro” tarkibidagi “legioner” futbolchiga e’tibor berdik. Nitaya-Roj Kunnosa, bir qarashda xorijlik ism-sharif. Ammo futbolchi o‘zbek, Qarshida istiqomat qiladi. Taqdir taqozosi bilan Tailandda tug‘ilgani uchun mahalliy ism-shariyani olgan. Uch-to‘rt yildan beri “Buxoro”ning yoshlar tarkibida shug‘ullanadi va asta asosiy tarkibdan joy olmoqda. O‘zi ustida qunt bilan ishlasa yaqin orada O‘zbekiston yoshlar, Olimpiya va hatto milliy terma safida to‘p surishi ehtimoli yo‘q emas.

 

Ayollar Oliy ligasi. 15-tur

3 sentyabr, juma

 

“SEVINCh” – “BUNYoDKOR W” – 2:0 )1:0)

Qarshi “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Akmal G‘iyosov, Aleksandr Burov.

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov.

Komissar: Shohruh Said.

Gollar: Nilufar Qudratova (45), Maftuna Shoyimova (68-pen.).

“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ann Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shahrizoda Zayniddinova, Feruza Boboxo‘jaeva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova (Angelina Polyushkevich, 90+2).

“Bunyodkor-W”: Olga Qahhorova, Kamola Riskieva, Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Ayjan Bo‘ronbekova, 86), Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabieva, Aziza Norboeva Nozima Ergasheva, 46), Ilvina Ablyakimova.

Ogohlantirishlar: Yo‘q - Dilrabo Asadova (49), Luiza Sadirova (59).

 

BUXORO – METALLURG – 1:8 (1:7)

Buxoro. “Umid” stadioni.

Hakamlar: Anna Sidorova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova

Nazoratchi: Shuhrat Karimov’

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Shaxnoza Yusupova (35-pen.) – Moxira Jo‘raboeva (15), Rushaniya Safina (22), Aynur Daulbaeva (27), Nozima Kamoloteva (37, 45, 45+2, 68), Oybarchin Turg‘unova (39)

“Buxoro”:  Nozigul G‘iyosova, Setora Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Farzona Shonazarova (Zebiniso G‘anieva, 72), Setora Pirnazarova, Shaxzoda Rashidova (Dinora Sadaqulova, 61), Komila To‘xtasinova (Nitaya-Roj Kunnosa, 77), Charos G‘anieva, Shaxnoza Yusupova, Nargiza Rahimova

“Metallurg”:  Gulandon Boymatova (Madina Orziqulova, 44), Muxlisa Mirzayorova, Moxira Jo‘raboeva (Maftuna Jo‘raeva, 46), Ozoda Xojieva, Aynur Daulbaeva (Barchinoy Eshmurodova, 59),  Rushaniya Safina, Yulduz Hamdamova, Durdona Alieva (Setora Taqaboeva, 46), Ro‘zixan Asqarova (Nazima Kasqmbekova, 59), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

Chetlatish: Yo‘q – Ozoda Xojieva (68)

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb