Ayollar futboli. Birinchi liga. Ikkita o‘yinda hisob ochilmadi, bittasida esa yirik natija

Ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari davom ettirildi. Beshinchi turga Samarqand shahridagi “Nurafshon” stadioni mezbonlik qilyapti. Bu erda birinchilikning beshinchi va oltinchi turlari ni o‘tkazish belgilangan. Beshinchi turning ikkita o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. “Andijon” va AGMK-2 jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda katta farq bilan AGMK-2 jamoasi g‘alaba qozondi. Olmaliqliklar tomonidan urilgan o‘n ikkita to‘pning beshtasiga Oydinoy Turg‘unova mualliflik qildi, yana uch futbolchi ikkitdan to‘p kiritishdi. Beshinchi turdan keyin Farg‘onaning “Neftchi” qizlari 13 ochko bilan peshqadamlik qilishyapti. AGMK-2 jamoasida 10, “To‘maris”da 8, “Dinamo”da 7, “Surxon”da 4 ochko bor. “Andijon” jamoasi barcha uchrashuvlarni boy bergan holda autsayderlik qilyapti.

 

Ayollar futboli.  Birinchi liga.

5-tur. 2 iyun, chorshanba

 

NEFTChI  - DINAMO – 0:0

Hakamlar: Sherzod Kamarov, Aziz Axtamov, Sardor Ernazarov

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Alisher Fayziev

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

ANDIJON – AGMK-2 – 1:12 (1:8)

Hakamlar: Sardor Hakimov, Jahongir Bozorov, Salohiddin Eshboev

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Muxlisaxon O‘ktamova (25) –  Leyla Oraniyozova (4, 19), Oydinoy Turg‘unova (7, 15, 17, 31, 60), Parvina Sodiqova (24, 35), Asal Aminjonova (56), Sharifa G‘opporova (75, 83)

Ogohlantirishlar: Farangiz Ubaydullaeva (8) – Leyla Oraniyozova (45).

 

TO‘MARIS – SURXON – 0:0

Hakamlar: Jasur Shodiev, Aziz Aktamov, Abror To‘ychiev

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Qudrat Madraimov

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb