Ayollar futboli. U-16. “Surxon”ning muvaffaqiyatsiz yurishi davom etdi

Ayollar futboli bo‘yicha 16 yoshlilar Birinchiligining 7-tur doirasidagi bitta uchrashuv o‘tkazildi. “Surxon” Qarshiga safar uyushtirdi va “Nasaf”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Bu bilan termizliklar birinchilikdagi muvaffaqiyatsizligini davom ettirdi – 6 uchrashuvda 0 ochko. “D” guruhida “Sevinch” jamoasi 4 o‘yindan yuz foiz natija qayd etgan holda peshqadamlik qilyapti. “Nasaf” 6 o‘yindan 10 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda boryapti. “Sho‘rtan” 5 o‘yindan 10 ochko jamg‘argan, “Sho‘rtan”da esa 6 ochko bor.  

 

 Ayollar futboli. U-16.

7-tur. 26 avgust, payshanba

 

NASAF – SURXON – 6:0 (2:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Daler Bozorov, Laziz Abduraupov

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Charos Ro‘zieva (8, 35, 50), Farida Allamurodova (15), Xusniya Saxatdurdieva (32), O‘g‘iloy Toshtemirova (34)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb