Pro liga. “Buxoro” ikkita gol “urib” ham durang qayd etdi

Pro-liganing 16-turiga start berildi. Dastlab maydonga “Xorazm” va “Buxoro” jamoalari tushishdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi. Qiziq tomoni, darvozalarga kiritilgan har ikkala gol mualliflari buxoroliklar bo‘lishdi – birini o‘z darvozasiga, ikkinchisini mehmonlar tomoniga yo‘llashdi. Va har ikkala gol ham birinchi bo‘limda amalga oshirildi.   

 

Pro liga. 16-tur

 23 avgust, dushanba

 

XORAZM — BUXORO - 1:1 (1:1)

Urganch. "Yoshlik" sport majmuasi.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Artyom Kalinin, Jalgasbay Sarsenov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Hakimjon Alamxonov, 32-o‘z darv. (1:0), Bexruz Shodmonov, 42-pen. (1:1)

“Xorazm”: G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov, Jasurbek Otajonov, Temur Masharipov, Ma’ruf Murodov (Islombek Karimov, 71), Timur Bekchanov, Diyor Ramazonov (Sardorbek Matmurodov, 53), Mirjalol Qurbonov, Boburbek Farhodov, Abduholiq Qurbonov, Shaxzod Beshimov.

Buxoro”: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Bobur Qosimov, Anvarjon Jo‘raev, San’at Shixov (Fayzullobek Jumanqo‘ziev, 83), Amirjon Safarov (Davronbek Isoqov, 46), Rustamjon Abduhamidov, Alisher Sanoev (Tohir Maladustov, 46), Bexruz Shodmonov (Shavkat Salomov, 67), Sardorbek Izzatov, Hakimxon Alamxonov (Marko Milich, 55).

Ogohlantirishlar: Ravshanbek Sultonov, 11, Jasurbek Otajonov, 30 – Anvarjon Jo‘raev, 70.

mib
uzcard
cola
apex
bmb