Birinchi liga. “G‘ijduvon” yana ikkiga ko‘tarildi, “Zomin” hamon peshqadam

Birinchi liganing 14-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Peshqadam “Zomin” bugun o‘z maydonida “Neftgazmontaj”ni qabul qildi va bosh hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarida toshkentliklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan jarima uchun ularning darvozasi tomon penalti belgilandi. “Lotoreya”dan g‘olib chiqqan maydon egalari turnir jadvalidagi peshqadamlik mavqeini  saqlab qoldi. “Jomboy” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. “Bunyodkor-Farm”ni qabul qilgan  jomboyliklar raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishning imkoniyatini topishdi.  

 

Birinchi liga. 14 -tur

22 avgust, yakshanba

 

ChIG‘ATOY – PAXTAKOR-79 – 0:2 (0:1)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni.

Hakamlar: Davronbek Akmalov, Amir Galeev, Daniil Yatsenko

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Shohruhmirzo Ahmadaliev, 8 (0:1), Hayotbek Sotivoldiev, 80 (0:2)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Yunusbek Abduvohidov, 67.Abduali Ahmedov, 79 (shifokor).

 

JOMBOY – BUNYoDKOR-FARM – 2:1 (2:0)

Jomboy. “Jomboy” markaziy stadioni.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Begjon Begaliev, Sultonmurod Xojiev

Nazoratchi: Shuhrat Karimov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Oybek To‘raboev, 17 (1:0), Shohruh Mamatov, 23 (2:0), Abdurasul Komilov, 63 (2:1)

Ogohlantirishlar: Mirjalol Loqaev, 27, Mexroz Xudoyberdiev, 35, Alisher Egamov, 87, Jahongir Ergashev, 90+5 –  Farhod O‘tkirov, 23, Sardor Usmonov, 35, Sanjar Rixsiboev, 68, Abdurasul Komilov, 84.

Chetlatish: Alisher Egamov, 90+1 (ikkinchi sariq) – yo‘q.

 

ZOMIN – NEFTGAZMONTAJ – 2:1 (1:1)

Zomin. “Zomin” markaziy stadioni.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Abror To‘ychiev

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Farruh Haydarov, 8 (1:0), Farruh Pardaev, 42 (1:1), Eldor Karimov, 90+3-pen. (2:1)

Ogohlantirishlar: Farruh Haydarov, 24, Abdumutal Tursunqulov, 40, Sardor Usmonov, 80 – Farhod Mahamadjonov, 43, Olimjon Akbaraliev, 50, Abdujalil Manazarov, 90+2, Said Topilov, 90+2, Po‘latjon Sharipov, 90+6.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb