Coca-Cola Superliga klublari futbolchilari mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Xabaringiz bor, 4-iyul kuni Coca-Cola Superligada 12-tur uchrashuvlaridan so‘ng jamoalar yozgi tanaffusga chiqishdi. Jamoalar futbolchilarga qisqa muddatli ta’til berdi.

“Qo‘qon-1912”, “Turon”, “So‘g‘diyona”, AGMK jamoalari yig‘inni tog‘li hududlarda o‘tkazishmoqda. “Surxon” jamoasi Toshkent shahrida, “Nasaf”, “Metallurg”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Mash’al” va “Qizilqum” futbolchilari esa mashg‘ulotlarni o‘z qarorgohlarida davom ettirmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davraning so‘nggi tur uchrashuvlari 30-iyuldan boshlanadi.

 

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb