Birinchi liga. “G‘ijduvon” yana birinchiga ko‘tarildi

Birinchi liganing 9-tur o‘yinlari start oldi. O‘z uyida  “Paxtakor-79” jamoasini qabul qilgan “G‘ijduvon” raqiblar darvozasini javobsiz to‘rt marotaba ishg‘ol etgan holda  bir kunga bo‘lsada to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadamlikka ko‘tarildi. Ertaga “Zomin” o‘z shahrida “Jomboy”ni qabul qiladi va har qanday ochko zominliklarni yana yuqoriga eltadi.  “Lokomotiv-BFK”ning bugun “Chig‘atoy” ustidan erishgan g‘alabasi turnir jadvalida  birdaniga to‘rt pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishiga xizmat qildi. Ikkita farm jamolarning o‘zaro to‘qnashuvida mehmonlarning qo‘li baland keldi – “qaldirg‘ochlar” Namanganda “lochinlar” ustidan ustun keldi. “Jizzax-Bars” bilan safarda to‘p surishi lozim bo‘lgan “Rubin”ga esa ma’lum sabablarga ko‘ra texnik mag‘lubiyat yozildi.

 

Birinchi liga. 9 -tur

5 iyun, shanba

 

LOKOMOTIV-BFK – ChIG‘ATOY – 4:2 (3:0)

Toshkent. “Toshkent futbol akademiyasi” maydoni. 89 tomoshabin.

Hakamlar: Huan Muzaffarov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Georgiy Ahmedov, 31-pen. (1:0), Roman Juraev, 34 (2:0), Abdujabbor Zuxriddinov, 53 (3:0), Murod Komilov, 50 (3:1), Sardor Olimov, 70 (3:2), Farhod Imamov, 88 (4:2)

Ogohlantirishlar: Otabev Erkinov, 73, Diyorbek Imomov, 90, Yusuf Shoimov, o‘yindan keyin – Dilshod Muratov, 29, Xislat Xalilov, 71, Doniyor Valiev, 78.

 

G‘IJDUVON – PAXTAKOR-79 – 4:0 (2:0)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 232 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Choriev, Erlan Nurjanov, Farruh Ashurbaev

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Shavkat Rahmatov, 28 (1:0), Farruh Jo‘raev, 39 (2:0), Shavkat Rahmatov, 49 (3:0), Ramis Begishev, 90+2 (4:0)

Ogohlantirishlar: Zafar Ismoilov, 11, Shavkat Rahmatov, 52 – Abduvohid Sharipov, 34, Shohruhmirzo Ahmadaliev, 43, Orifjon Yusupov, 45+2, Umarjon Nasriddinov, 66.

 

NAVBAHOR-FARM – BUNYoDKOR-FARM – 1:2 (1:2)

Namangan. “Navbahor markaziy” stadioni zaxira maydoni. 99 tomoshabin.

Hakamlar: Loston Mirzaraimov, Shohruh A’zamov, Abduhamid Abduraimov

Nazoratchi: Erkon Oripov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Javohir Husanov, 4 (1:0), Ikrom Erkinov, 26 (1:1), Abbosbek Jumaqulov, 41 (1:2)

Ogohlantirishlar: Javohir Husanov, 21 – Islom Karimov, 16, Abbosbek Jumaqulov, 57, Sardor Usmonov, 59.  

 

JIZZAX-BARS – RUBIN - +:-

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb