Futzal. “Paxtakor” o‘z tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritdi

Uch kun davomida Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasi hamda “Bunyodkor” akademiyasi sport zallarida o‘tkazilgan mamlakat chempionatining 16-tur o‘yinlaridan so‘ng futzal chempionatiga yakun yasaldi. 119 ochko to‘plagan “Paxtakor” ilk bor bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 118 ochko to‘plagan AGMK kumush, 98 ochko bilan “Huaxin-Jizzax” jamoasi bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan eng yaxshilar sovrinlari ham o‘z egalariga topshirildi. 

Mavsum to‘purari – Akbar Usmonov (“Paxtakor”, 64ta gol)

Mavsum kashfiyoti – Muhammabbobur Rahmonberdiev (“Stroitel-Zarafshon”)

Eng yaxshi murabbiy – Aleksandr Petrov (AGMK)

Eng yaxshi darvozabon – Rustam Umarov (AGMK)

Eng foydali o‘yinchi – Anasxon Rahmatov (AGMK).


16-tur. 

Uchinchi kun. 9 may, yakshanba

“O‘zbekiston” sport majmuasi

BUNYoDKOR – LOKOMOTIV – 9:5 (7:0)

Hakamlar:Sultonmurod Abdurahmonov, Husan Muzaffarov, Furqat Azizov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Mirzohid Xaydarxo‘jaev (3, 4, 14, 38), Xurshid Najimov (11), Jasur Sodiqov (14), Shohruh Shokarimov (16), Xayrullo Solixov (17), Shaxriyor Mirzakarimov (38) – Boburbek Ergashev (27), Amirjon Sa’dullaev (33), Sebastyan Mojaev (34), Maksim Gulyaev (37), Sarvar Shoahmedov (40)


MAKSAM-ChIRChIQ – METALLURG – 4:1 (2:0)

Hakamlar: Umid Po‘latov, Furqat Azizov, Sultonmurod Abdurahmonov, Shavkat Muhiddinov

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Gollar: Elbek To‘lqinov (5, 24), Bekzod Jumaboev (9), Javlon Anorov (31) – Said Rizo Mirsharofov (40)

Ogohlantirish: Rustam A’zamov (26) – yo‘q.


NASAF – PAXTAKOR – 1:5 (0:0)

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Jamoliddin Najmiddinov, Furqat Azizov, Shavkat Muhiddinov

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Jasur Xalimov (35) – Dilshod Irsaliev (23), Akbar Usmonov (24), Avazbek Abduvaliev (27), Konstantin Sviridov (31), Sherzod Mustafoev (34)

Ogohlantirishlar: Oybek Polvonov (15), Abubakir Usmon (25) – Mashrab Adilov (4).


“Bunyodkor” futbol akademiyasi

BUXORO – NAVBAHOR – 4:8 (2:3)

Hakamlar: Rustam Tog‘aev, Sanjar Nazarov, Nikita Afinogenov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Faxriddin Murodov

Gollar: Eldor Meliev (3-o‘z darv.), Bexruz Samiev (9,  22, 38), Shamshodjon Savriddinov (18) – Hakim Abdurashidov (10, 23), G‘ulom Mamajonov (11), Nurali Isaqov (30), Husanxon G‘aniev (33), Farhod Shokirov (35), Ilyos Mallaev (36)

Ogohlantirish: Bexruz Samiev (10) – yo‘q.


HUAXIN-JIZZAX – QO‘QON-1912 – 13:3 (9:2)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev, Adham Rixsiboev, Xushnud Otamurodov

Nazoratchi: Viloyat Najafaliev

Gollar: Dilshod Rahmatov (2, 4, 17, 24), Davlat Ibrohimov (5), Doniyor Saidov (8), Shaxzodjon Sa’diev (10, 19, 28), Otamurod Jumanov (12), Dilmurod Jumaev (13), Soxib Narzullaev (21), Doniyorbek Tohirov (22) – Ismoiljon Tolipov (13), Diyorjon Karimov (20), Alisher To‘xtaboev (29)


AGMK – STROITELЬ-ZARAFShON – 6:3 (3:2)

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Adham Rixsiboev, Aziz Karimov, Xushnud Otamurodov

Nazoratchi: Viloyat Najafaliev

Gollar: Husniddin Nishonov (7, 12, 29), Isaxon Ibrohimov (14, 38), Muzaffar Ahadjonov (23) – Shuhrat Ishchanov (5), Muhammadbobur Rahmonberdiev (20), Shavkat Dehqonov (26)

Ogohlantirish: Yo‘q – A’zam Matvaliev (32).

mib
uzcard
cola
apex
bmb