Futbol klublarimiz shifokorlari uchun tibbiyot seminari tashkil etildi

Bilasiz, o‘tgan yili O‘zbekiston Professional futbol ligasi malakali shifokorlardan iborat Tibbiy komissiya tashkil etgan edi. Mazkur komissiyaning sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq COVID-19 pandemiyasi davrida klublardagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog‘ligi holatini nazorat qilish bo‘yicha samarali ish olib borildi va bu 2020 yilgi mavsumni jiddiy kechikishlarsiz yakunlash imkonini berdi.

Komissiya 2021-yilda ham klublarga tibbiy masalalarda yaqindan ko‘mak berish bo‘yicha ish olib bormoqda. 25-26-mart kunlari poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” qarorgohida sport shifokorlari uchun tibbiyot seminari tashkil etildi. Unda Superliga, Pro liga, Birinchi liga klublari hamda ayollar jamoalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlar ishtirok etishdi. Ikki kunlik seminar davomida sport tibbiyotidagi so‘nggi yangiliklar, pandemiya davrida sport shifokorlari oldida turgan muhim vazifalar, shuningdek antidoping mavzularida davra suhbati va ma’ruzalar olib borildi. Xususan, Janubiy koreyalik tajribali shifokor, tibbiyot fanlari doktori Song Yong Il o‘zbekistonlik hamkasblariga sport tibbiyotidagi yangiliklar, sportchilarning turli darajadagi jarohatlarini davolashdagi birlamchi ustuvor jihatlar to‘g‘risida ma’ruza qilib, shuningdek bu boradagi koreys tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ikki kun davom etgan seminar har tomonlama samarali va qiziqarli tarzda kechdi. O‘zPFLning tibbiy komissiyasi yil davomida bu kabi amaliy tadbirlarni yana o‘tkazib boradi. 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb